Maktabgacha ta’lim metodikasi


-MAVZU. JO‘GROFIYA MAYDONCHASI, O‘QUV-TAJRIBA UCHASTKASI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI JIHOZLASH VA ULARDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH (2s )



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə24/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

13-MAVZU.
JO‘GROFIYA MAYDONCHASI, O‘QUV-TAJRIBA UCHASTKASI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI JIHOZLASH VA ULARDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH (2s )
Reja:
1.O’quvchilarning tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirishda jo’g’rofiya maydonchasining roli.
2. Jo’g’rofiya maydonchasidagi asbob-uskunalarning jihozlanishi.
3. Flyugyer asbobi haqida tushuncha.
4. Meteorologik budkaning vazifasi.


Asosiy tushunchalar: maktab sharoitida jo’g’rofiya maydonchasini tashkil etish. Maydonchaning o’quv-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirishidagi ahamiyati, jo’g’rofiya maydonchasi jihozlaridan tabiatshunoslik bilimlarinio’zlashtirishda foydalanish yo’llari; maktab oldi o’quv-tajriba maydonchasining jihozlari; maydonchada o’quvchilarning amaliy ishlari; o’simliklar va hayvonlar ustida amalga oshiriladigan tajribalar.

Kichik yoshli maktab o’quvchilarining jug’rofiy bilimlarini shakllantirish hamda nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash maqsadida jug’rofiya maydonchasi tashkil etiladi. U maktab oldi uchastkasida urnashtiladi. Maydonchada ob-havo va quyoshning holati ko’zatiladi, joyda muljal olish masofani o’lchash ishlari o’tkaziladi.


Maydoncha ochiq maydonda 10x10m joyda tashkil qilinadi. Buning uchun yer tekislanadi, qum sepiladi, atrofi uraladi. O’quv mashg’ulotlarini talab darajasida o’tkazish uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi.
1. O’lchovli – devor. Buning uchun uramning har bir metri yer alab turli xil buyoqlar bilan bo’ladi, uning balandligi 1 metr. O’lchovli – devor bo’ylab yo’lcha qaziladi. Undan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun masalan, “Plan va xarita” mavzusini o’tishda foydalaniladi.
2. Balandlikni o’lchovchi ustun, balandligi 10m. Har qaysi metri navbat bilan ikki xil rangli. U balandlikni taqqoslash, o’lchash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Uchida flyugyer o’rnatiladi.
3. Flyugyer – shamol yunalishini aniqlovchi asbob. Uni tunukadan o’quvchilarning o’zlari ham yasashlari mumkin.
4. Bo’y o’lchagich – yog’och asbob. Undan foydalanib o’quvchilar o’z bo’ylarini o’lchab, o’zaro taqqoslaydilar.
5. Kub metr, kvadrat metr – o’zunligi 1m keladigan reykalar o’zaro birlashtiriladi. Uni maydonchaga quyiladi. Ko’rgazmali vosita hisoblanadi.
6. Gnomon – tayoq. U quyoshninig ufq ustidan balandligini aniqlaydi, ufq tomonlarini ham belgilaydi. Buning yarmida soya shimolga yunaladi, u qisqa bo’ladi, chunki quyosh tikda /”zenit”da/ bo’ladi, yerta bilan soya g’arbga, kechqurun esa sharqqa yo’nalgan bo’ladi. Shimolga yunalishni bilish uchun /doimo/ kunning yarmida gnomon soyasi yog’li buyoq yoki g’isht bilan belgilab quyiladi.
7. Quyosh soat – gorizontal quyilgan yog’och doira bo’lib, o’rtasida o’qi bor. Doiraning chetiga gnomon bo’yicha /kun yarmida o’qning shimolga yo’nalgan soyasi buyicha/ 12 raqami qo’yiladi. Qolgan raqamlar ham bir-biridan teng masofada qo’yiladi. Uni quyosh soatini maydonchaning janubiga ochiq joyga o’rnatiladi. Quyosh soatidan barcha sinf o’quvchilari foydalanishlari mumkin.
8. Yomg’ir o’lchagich – oddiy paqir /satil/dir. Yog’in miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga chizg’ich tushiriladi. Menzurkadan ham foydalanish mumkin. Buning uchun kub santimetr hisobidagi menzurka raqamini 10ga ko’paytiriladi va paqir tagining satqiga bo’linadi.
9. Qor o’lchovchi reyka – chiziqlari bo’lgan maxsus reyka bilan qor qalinligi o’lchanadi.
10. Meteorologik budka – (xonacha), Termometr havo bosimini o’lchovchi barometr, namligini o’lchovchi gigrometr asboblarini saqlash uchun xizmat qiladi. Budkani jug’rofiya maydonchasining soya tushmaydigan joyida 2m balandlikda o’rnashtiriladi.
11. Qum solingan yashik – ishchi stollari yonida o’rnatiladi va o’quvchilarning turli xil relef shakllarini hosil qilishida foydalaniladi.
12. Mo’ljal olish burchagi - /orientirlash/ o’zlashtirilgan bilim ko’nikmalarini mustahkamlash uchun muhimdir. Unda kesilgan kunda janubga qarab o’rnatiladi. Yonbag’irliklari /tik, qiya/ yoki chuqqisi hamda tagi bilan tepalik modeli /chim bilan qoplangan toshlardan/ bo’lishi kerak.
13. Tog’ jinslar – suvning ishini o’rganish uchun jihozlar, sun‘iy havzasi, daryo modeli, tog’ jinslari va joyning tuprog’ini o’z ichiga oladi. Oqim suvning ishini o’rganish uchun maydonchaga vodoprovod o’tkaziladi. Suv oqimi yo’liga qirg’oqlarning yuvilishi va sharshara holatda bo’lishini aniqlash uchun to’siq qo’yiladi.
Jug’rofiya maydonchasidagi ishlarini samaradorligini ularning muntazam borishi va o’qituvchi nazoratiga bog’liqdir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin