O’lkashunoslik burchagi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabga borishi bilanoq o’z joylarini o’rganishga kirishadilar. Tabiat ashyolari bo’yicha kuzatishlar olib boradilar. O’quvchilar tomonidan sayohat, kuzatishlar davrida boy tabiiy jismlar to’planadi, ularda esa o’quv jarayonida foydalaniladi.
To’plangan materiallar asosida o’lkashunoslik burchagi tashkil etiladi. Burchak tabiatshunoslik burchagi kabineti yoki alohida xonada tashkil etilishi mumkin. U yer da uch bo’lim tashkil qilinishi mumkin:
“Bizning o’lka” nomli stend tashkil etilib, u quyidagi ma‘lumotlarni yoritib boradi:
o’z aholi punktining nomi, joyi ifodalangan xaritasi;
o’z joyining nomi ko’rsatilgan O’zbekiston tabiiy xaritasi;
maktab joylashgan joy ko’rsatilgan aholi punktining rejasi;
o’z yashash joyining fotosuratlari;
mahalliy o’lka sanoat ishlab chiqarishini yerituvchi materiallar; i/ch-gan mahsulotlari;
qishloq xo’jalikni aks ettiruvchi maTerallar /k/ x o’simliklari gerbariy va fotosuratlar;
turgan joyidagi daryo, svu omborlari haqida ma‘lumotlar;
joy tropigi;
o’lka o’simliklari;
o’lka hayvonlari to’g’risidagi ma‘lumotlar /fotosurat, rasmlari/ joy oladi.
“Bu qiziq” sarlavhasi ostida qiziqarli savollar. Asarlardan parchalar. Topishmoqli rasmlar./Hayvonlarning organlari/ joylashtiriladi.
O’lkashunoslik buchagida o’z o’lkasi tarixi buyicha tayyorlangan albom. Tabiat muhofazasi bo’yicha ma‘lumotlar /o’simlik va hayvonlarning fotosuratlari/ mavjud qo’riqxonalar, zakazchilar nomlari ko’rsatilishi lozim.
Ob-havo kalendari ham stenddan iborat bo’lib, unda oy, kun, shu kungi ob-havo ma‘lumotlari, pastrog’ida Termometr. Flyugyer joylashtiriladi.
Stendning uchinchi bo’limida shu joyning ob-havosi va uning belgilari to’g’risida erkin rasmlar asosida materiallar quyiladi.
O’lkashunoslik burchagida tabiatni muhofazasini ko’zlab ish olib boruvchi “Yashil patrullar” ish rejasi ham mavjud bo’ladi.
O’lkashunoslik bo’rchagida tayyorlangan bu materiallardan tabiatshunoslik darslarida bolalar bilimlarini mustahkamlash hamda ularni tabiatini muhofaza qilishga faolroq qatnashishlariga yordam beradi.