Maktabgacha ta’lim metodikasi


-MAVZU. Tabiatshunoslik to‘garaklarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni va mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə17/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

9-MAVZU.
Tabiatshunoslik to‘garaklarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni va mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.
REJA:

  1. Darsdan tashqari ishlar.

  2. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar.

  3. Ekskursiyalar.

Tayanch so’z: Ekskursiya,didaktik talab,individual,ommaviy ishlar.
O’quvchilar doirasida olib boriladigan to’garak ishlari.
Tabiatni o’rganishga qiziqqan ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan individual ishlar.
Ommaviy ishlarga: kinofilmlarni namoyish qilish, tabiatga ekskursiyalar o’tkazish, yertaliklar, o’quvchilar ishlarining ko’rgazmasini tashkil qilish, shuningdek hosil kuni, bog’ haftaligi, daraxtlar o’tkazish haftaligi, qo’shlar kuni va boshqalar kiradi.
Guruh ishlariga: esa yosh tabiatshunoslar, klub ishlari kiradi.
Individual mashg’ulotlarga: devoriy gazetalar, albomlar chiqarish, jonli tabiat burchagi, o’quv tajriba uchastkasidagi ishlar, darsdan tashqari o’qish va boshqalar kiradi.
Ekskursiya. Ma’lumki boshlang’ich sinflarda tabiatdan anchagina keng ma’lumotlar byeridi. O’simliklarning insonlar hayotiga va tabiatdagi roli, o’simliklar dunyosining hilma-xilligi ulardan foydalanish va muhofaza qilish tugrisidagi dastlabki ma’lumotlar beriladi. Sinfda olingan bilimlarni mustaxkamlashda va umuman tabiatga nisbatan o’quvchilarning muxabbatini oshirishda ekskursiyaning roli nixoyatda kattadir. Uqituvchi ekskursiya tashkil qilishdan oldin bolalarga ular ekskursiyaga borishlarini, u yer da jonajon o’lkamizning boylilari; bilan tanishishlarini, O’zbekiston nima bilan mashhur ekanligini bilib olishlarini tushuntiradi.
Sinfdan tashqari kitoblar o’qish. Sinfdan tashqari o’qish bolalarga tabiat to’grisidagi kitoblarga muxabbat va qiziqishni singdiradi, uni chuqurroq idrok qilishga imkon beradi, tafakkur va nutqni rivojlantiradi, atrof tabiatga to’gri munosabatni tarbiyalaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarni ijtimoiy, ommoviy tabiatshunoslik adabiyotni o’qishga, tabiat to’grisidagi kitoblar o’qishga ehtiyoj xosil qilishdir. O’qituvchi uqish uchun shunday kitoblarni tanglash kerakki, ular bolalarda tabiatni kuzatishga, tabiatshunoslik bilimlarini targ’ib qilish va ommolashtirishga qiziqish uyg’otadi. Shu maqsadda xilma-xil. uslublardan foydalanish mumkin.
O’quvchilarni qiziqtirish uchun o’z asarlarini tabiatga bag’ishlagan kitob mualliflari: X. B. Bianki, S. Singyer, Il’yos Muslim, Shukur Sa’dulla, G.Skrebitskiy, M.Prishvin, A.Strijev, K. Muxammadiy, I. Sokolov-Mikitov, Yu.Dmitriev, K.Xikmat haqida hikoya qilib berish mumkin.
Darsdan tashqari ishlar uy ishlari (vazifalar)ga qaragand murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o'simliklai maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlariga: tirik tabiat burchagidagi, o'quv-tajriba maydonchasida kutubxonasi va tabiatda yozgi topshiriqlar bo'yicha bajariladigan ishlar kiradi. Bu ishlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg'otish, shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to'ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan chetdagi ko‘pchilik faoliyat shakli bo'lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. Tabiatshunoslik xonalarida va tirik tabiat burchagida o'tkaziladigan ishlar uchun o'quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o'quv yili davomida berib boriladi.
Tabiatshunoslik fanlarining o'qitilishida o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning majburiy bo'lmagan ko'ngilli shakllari: indiviudal ishlar, sinfdan tashqari, «Yosh tabiatshunoslar» to'garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali ishlar keng qo'llaniladi. Sinfdan tashqari ish o'quv materiali asosida va unga bog'liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni to'ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarli hamda kerakli tomonlarini ochib beradi. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkretlashtirish,tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, o'quvchilar faolligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu ishlar o'quvchilarning xulqatvoriga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ularning moddiy dunyoga qarashi va mehnat madaniyati shakllanadi, bilishga qiziqishi, mustaqil kuzatish ko'nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni teranlashtiradi. Tabiatshunoslik bo'yicha yo'lga qo'yilgan sinfdan tashqari ishlar o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Uzoq muddatli tajribalar o'tkazish, gerbariy va kolleksiyalar uchun material yig'ish, model, maket va boshqa ko'rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari ishlarning shakllari tabiatni o'rganishni hayot bilan bog'lash va o'quvchilarni politexnik tayyoigarlik uchun ahamiyatli bo'lgan amaliy o'quv va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Bolalarning kuzatishlari va o'qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o'zgartirish to'g'risidagi kutubxonasi ta’limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalamir ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o‘rgatadi, vatanparvarlik tarbiyasiga ko'maklashadi. Sinfdan tashqa mashg'ulotlaming barcha turlari bir-biriga bog'liq bo'lishi, bi ikkinchisini to'ldirishi kerak. O'simlik va hayvonlar bilan ishlash darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg'ulotlar rivojlanishi mumkin, ayniqsa, tabiatshunoslik bilan qiziqqa o'quvchilar yosh tabiatshunoslar to'garagi mashg'ulotlari qatnashishlari mumkin. O'quvchilarda tabiiy ob’yektlari kolleksiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga mehrni payqaga o'qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg'ulotlar topish tabiat to'g'risidagi fanni chuqurroq o'rganish istagini rivojlantirisl zarur. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilisl o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'li bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslari takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlaiga asoslanishi keral Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi o'quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha, maktabni ko'kalamzorlashtirish, qushlami muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foyda mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishl; va tegishli kitoblarni o'qish bilan birga olib borihshi kerak. Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etis shakllarini puxta o'ylab chiqish zarur.
Sinfdan tashqari ishlan uch guruhga bo'lish mumkin:
1- guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommavi ishlar, tadbirlar;
2- guruhga cheklangan o'quvchilar doirasida oli boriladigan to'garak ishlari;
3- guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqa ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Ommaviy mashg'ulotlar kinofilmlami namoyish qilishn tabiatga ekskursiya va yurishlar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchilar ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosil kuni, bog' haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftaligi qushlar kuni va boshqalar)ni o'tkazishni nazarda tutadi. Guruh mashg'ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatshunosh kabi klub ishlari kiradi. Individual mashg'ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqa rishni; jonli tabiat burchagi va maktaboldi o'quv-tajrib kutubxonasi maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o‘qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o'z ichiga oladi. Individual ishlar. Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo'lmaganda qiziqishga ega bo'lgan o'quvchilar bilan tabiatshunoslik bo'yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o'qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o'quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o'ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o'qitishni qanday yo'lga qo'yishiga o'quvchilaming bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog'liqdir. Individual topshiriqlami bajarish tadqiqiy ish ko'nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo'sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to'ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o'quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'quvchini nimaiki qiziqtirmasin — xona o'simliklarini parvarish qilishni, hayvon va o'simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to'plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o'tkazishmi — u o'qituvchi tomonidan ma’qullanishi va quvvatlanishi lozim. Individual topshiriqlar o'quvchilarning qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ularning bajarilishini tashkil qilishi va metodikasi o'qituvchi tomonidan sinchiklab o'ylangan bo'lishi kerak (o'rganish ob’yekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, reja tuziladi). Ishning oxiriga yetkazilishi va unga qiziqishni yo'qotmasligi uchun individual topshiriqlar bajarilishida o'qituvchi o'quvchilarga muntazam yordam ko'rsatib borishi zarur. Gerbariy yoki kolleksiyalar tuzish kabi shunday topshiriqlarning bajarishi faqat o'qituvchi o'quvchilarni oldindan o'simlik, hasharot va boshqa tabiat ob’yektlarini yig'ish, o'simliklarni kuzatish, to'plangan materiallami montaj qilish va shu kabilaming qoidalariga o'rgatgandagina muvaffaqiyatli bo'ladi. Shu maqsadda tabiatga o'quv ekskursiyasi va mehnat ta’limi darslaridan foydalaniladi. Tabiiy material to'plash qoidalari haqida hikoya qila borib, o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilish zarurligini eslatish kerak. Individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak, ish oxirida uning natijalari bilan o'quvchilarni tanishtirish zarur.
Individual ishlarning amaliy ahamiyati faqat o'quvchilar uni amalgi oshirish zarurligini tushunganlaridagina ta’minlanadi. Shunga ko'ra bajarilgan ish to'g'risida vaqt-vaqti bilan (tabiatshunoslik darslarida; yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlarda) hisobot tinglab borisl foydalidir. Bunda har bir individual ishning natijalari barcha o'quvchilarning boyligi bo'lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfdai tashqari ishlarga qiziqishni rag'batlantiradi, o'qituvchining tabiatgi oid bilimini to'ldiradi va kengaytiradi, ularni sinfdan tashqar ishlarning barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi. Guruh mashg‘ulotlari. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqar ishlarning guruh bo'lib o'tkaziladigan shakllaridan biri to'garal ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatn chuqurroq o'rganish imkoniyatini beradi. To'garakka a’zo bo'lisl ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o'z zimmasiga aniq reja bo'yichi ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o'quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilish lozim. O'qituvchining asosiy vazifasi — amaliy natijalar beruvch faol ishlarni ta’minlashdir. Ishda har xil: o'qituvchi va o'quv chilarning tabiiy yoki tasviriy ko'rgazmali qurollarni namoyisl qilish bilan og'zaki bayon qilishi, amaliy o'quv va ko'nikmalam shakllantirishga qaratilgan o'quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat va boshqa metodlar to'g'ri uyg'unlashtirilishi lozim. To'garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg'ulot oldidar uni o'tkazish vaqti to'g'risida eslatish, to'garak vazifalari bilar o'quvchilarni tanishtiruvchi, kirish suhbatining mazmunini barch; tafsilotlari bo'yicha o'ylab chiqish zarur. To'garakning ish rejasin tuza turib, mo'ljallangan mavzuni o'quvchilar bilan muhokam; qilish va ularning taklif-istaklarini hisobga olish kerak.
To'garakning birinchi mashg'ulotida uning faollari yoki kengashi (sardori, uning muovuni, muharririyat a’zolari) saylanadi va nomi («Hamma narsani bilishni istayman», «Biz va tabiat», «Yosh tabiatshunoslar», «Tabiatni sevuvchilap va boshqalar) tasdiqlanadi. Eng yaxshi nom uchun tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shuningdek to'garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur.
Qoidalar quyidagicha:
1) ishda faol qatnashish;
2) barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish;
3) hai bir ishni nihoyasiga yetkazish;
4) kuzatishlar va bajarilgan ishlai kundaligini yuritish;
5) o'rtoqlariga yordam berish;
6) mashg'ulotlarga muntazam qatnashish.
To‘garak ishiga o'qituvchi rahbarlik qiladi. Davomatni sardor yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi. Mashg'ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatlarda o'tkaziladi. Birinchi mashg'ulotda faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmaslik kerak. O'quvchilarga kichikroq, lekin qiziqarli kirish materiali berish kerak, toki ular to'garak ishiga qiziqsinlar va nima bilan shug'ullanishlari haqida dastlabki (taxminiy) tasawurlarga ega bo'lsinlar. Ishni diafilm, diapozitiv ko'rish, tabiatshunoslik mazmunidagi ilmiy-ommabop adabiyot o'qish bilan boshlash ma’qul. Har bir yosh tabiatshunos yoki uch-to'rt o'quvchidan iborat kichik guruh o'qituvchi yordamida o'zlari uchun muayyan mavzuni tanlaydilar. To'garak rahbarining vazifasi har bir ishtirokchini u uddalaydigan foydali mavzu bilan qiziqtirishdir. To'garakda o'tkaziladigan ish xilma-xil bo'lishi, lekin umumiy maqsadga — jonajon tabiatni o'rganishga birlashtirilishi zarur.
«Hamma narsani bilishni istayman» to'garagining (3 -4 - sinflar) ishini quyidagi reja bo'yicha tashkil qilish mumkin:
1) kirish mashg'uloti;
2) tabiatga ekskursiya («Kuz in’omlari») mavzusi;
3). «Jonajon o'lkaning qushlari», «Yilning har xil fasllarida o'simliklar» , «Yilning har xil fasllarida hayvonlar» diafilmlarini ko'rish;
4) «Tabiat ustaxonasi», «Soat gullan>, «Ularni muhofaza qilish kerak» kabi otkritkalar turkumi bilan ishlash;
5) «Oltin kuz» ertaligi;
6) «Qanotli do'stlarga yordam» operatsiyasi;
7) tabiat (o'lkashunoslik) muzeyiga ekskursiya;
8) «Qizil kitoblar» to'g'risida suhbat; bu kitoblarga kiritilgan o'simlik va hayvonlarni tomosha qilish;
9) tabiatga ekskursiya (mavzu «Sehrli dorixona»);
10) to'garak ishlarini yakunlash.
Mashg'ulotlarda xilma-xil: o'qituvchi va o'quvchilar hikoyasi, suhbat, amaliy ishlar bajarish (kolleksiya va gerbariylar yasash, tajribalarga tayyorlanish va o'tkazish), tabiatda o'tkazilgan kuzatishlarni muhokama qilish uslublaridan foydalaniladi. O'qitishning texnika vositalari hamda qiziqarli material to'garak ishlarining majburiy elementidir. Klub ishi. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarda boshlang'ich sinf o'qituvchilari klub ishlaridan keng foydalanadilar, ularni boshqa ish shakllaridan farqi shundaki, klubda bolalar erkinroq faoliyat yuritishlari mumkin, o'zaro munosabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o'yinlarga ehtiyoj va qiziqish qanoatlantiriladi. Klub majlislarida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan: Bu nima Nima uchun bu yuz beradi? Qayerda buni ko'rish, bilish, o'qis mumkin? kabi savollarga mustaqil javoblar olishga o'rganadila Klub majlisining zarur elementlari o'quvchilarning savollari v javoblaridir, javoblar topilgan manbalaming albatta ko'rsatilishidi Bu ish bilan barcha o'quvchilarni qiziqtirish uchun sinfga «So'ranj javob beramiz» yoki «Nimachining savollari» yozilgan qu qo'yiladi, unga savollar yozilgan varaqchalar solinadi. Klubning navbatdagi majlisidan bir hafta oldin o'qituvchilar savollarni mazmuniga qarab guruhlashtiradi, klub a’zolari orasid taqsimlaydi va javob topishni taklif qiladi. Javoblar tayyorlash uchu o'qituvchi klub a’zolariga ma’lumotnoma va ilmiy-ommabo adabiyotga murojaat qilishni, agar kerak bo'lsa, tabiatda yoki jon tabiat burchagida kuzatishlar, oddiy tajribalar o'tkazishni tavsiy qiladi. Savollarga javob berishni jism va hodisalar (o'simlik gerbariysi, hayvonlar chuchelasi yoki ularning rasmlari, diapozitn diafilm, tajriba va hokazolar)ni ko'rsatish bilan olib borgan ma’qul. Klub mashg'ulotlarini o'tkazishga bunday tayyorgarlik bolalard faqat kuzatuvchanlikni, qo'shimcha adabiyot bilan ishlash, savollarga to'g'ri javob berish uquvinigina emas, balki ko'rsatis uchun material tanlash uquvlarini ham rivojlantiradi, javoblarr ancha isbotli va esda qoluvchi bo'lishini ta’minlaydi, boshqa klu a’zolarida ham savollarni chuqur va qiziqarli yoritishga intilishr vujudga keltiradi. Klub yig'ilishi o'tkazilayotgan sinfda burchak yoki axborot stent (taxtasi)ni jihozlash kerak, ularda bo'lajak yig'ilishlar, ularnin mavzusi, adabiyotni tavsiya qiluvchi ro'yxat to'g'risida bildiris joylashtiriladi. Bu yerda kitoblar, ko'rgazmali qurollar,tabii materiallardan tayyorlangan ko'rgazmalar ham qo'yiladi. Ommaviy ishlar. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqai ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino filmlami ko'rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirla (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o'tqazish, Hosil bayramlari boshqalar)ni ham o'z ichiga oladi.Ulardan maqsad — sinfdai tashqari ishlarga iloji boricha ko'proq o'quvchilarni jalb etish, ulard qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg'otish, bolalar faolligini yo'lg qo'yish, ularni ijtimoiy-foydali ishlarga yo'naltirish, bolalard tashkilotchilik qobihyatlarini aniqlash va rivojlantirishdir. Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. I yoki bu tadbirni o'tkazish uchun oldindan uncha katta bo'lmaga: tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish,topshiriqlami hamma qatnashchilarga taqsimlash kerak. Guruhning har bir a’zosi o'z zimmasiga rejaning muayyan bo'limini bajarish mas’uliyatini oladi. Chunonchi, «Bahor keldi» nomli bayram tadbiriga tayyorlanishda o'quvchilardan biri bahor to'g'risida axborot beradi, boshqasi — otaliqqa olingan sinf bilan badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi — ijrochilar uchun kiyim-kechak, to'rtinchisi — devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo. Tadbirga tayyorlanish tabiat to'g'risidagi o‘z bilimlarini kuzatishlar yoki kitoblarni o'qish yordamida to'ldirish zarurati bilan bog'liq bo'lishi lozim. Chunonchi, bahor (ochiq kunlar, o'simlik va hayvonlaming uyg'onishi, qushlaming uchib kelishi) to'g'risidagi bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o'zgarishlar to'g'risidagi adabiyot o'qish bilan bog'liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilishi kerak (Ota-onalar ham taklif qilinishi mumkin). Uyushqoqlik, chiroyli rasmiylashtirish (bezatish), yorqin chiqishlar shunday tadbirlarning uzviy qismlaridir. Ular ishtirokchilar xotirasida kechinmalarni saqlovchi va tabiatni o'rganish hamda muhofaza qilish bo'yicha ishlarni chuqurlashtirish uchun rag'bat bo'lib xizmat qiluvchi hissiy ko'tarinkilikni vujudga keltiradi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar
1. Dars va sinfdan tashqari ishlarning o'zaro aloqasini yoritib bering.
2. 1 -4 - sinflarlarda «Atrofimizdagi olam» va «Tabiatshunoslik» fanlaridan sinfdan tashqari tadbirlarning mavzu rejasini tuzing.
3. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy, ekologik va tabiat muhofazasiga yo'naltirilganligini asoslab bering.
4. Tanlangan («Bog‘ haftaligi», «Qushlar kuni», «Gullar bayrami») mavzu bo'yicha:
a) ma’ruza; b) ko'rgazmali qurollar; d) qo'shiqlar; e) musiqali chiqishlami o'z ichiga olgan ertaliklar rejasini tuzing.
5. Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik fani bo'yicha sinfdan tashqari o'qishlar uchun adabiyotlar ro'yxatini tuzing.
6. Sinfdan tashqari ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish metodikasiga oid quyidagi:
1) Mustaqillik kuni;
2) «Assalom, Navro'z»;
3) «Sayyoramizni asraylik»;
4) «Tabiat va inson» kabi mavzularga reja va tadbirlar ishlab chiqing. Bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish uchun o'lk materiallaridan foydalanib, 2 tadan rebus va krossvord tuzing.
8. Tabiiy materiallarga oid masallar, topishmoqlar ro'yxatini tuzing.
Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Sinfdan tashqari ishlar deganda nimani tushunasiz?
2. Sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati nimada?
3. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmunini qanday tushunasiz
4. Sinfdan tashqari ishlarning qaysi turlarini bilasiz?
5. Individual, guruh va ommaviy mashg'ulotlaming xususiyatlar nimada?
6. Individual topshiriqlar qanday ahamiyatga ega?
7. Individual topshiriqlami bajarishda o'qituvchining vazifasi nimalardai iborat?
8. Guruh mashg'ulotlarining ahamiyati qanday?
9. Sinfdan tashqari ishlarda to'garaklar qanday ahamiyatga ega?
10. «Hamma narsani bilishni istayman» to'garagining rejasi qanday tuziladi?
11. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarda klub ishining ahamiyati nimada?
12. Klub mashg'ulotlari qanday o'tkaziladi?
13. Ommaviy ishlar va ularning ahamiyati haqida nima deya olasiz?
14. Tabiatshunoslik bo'yicha o'tkaziladigan ommaviy ishlar turlarig; nimalar kiradi?
15. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari adabiyot o'qishning ahamiyati nimada?
16. Sinfdan tashqari adabiyot o'qishda qaysi uslublardan foydalaniladi.
17. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar olib borishda vaqt matbuotning o'rni qanday?
18. Tabiatshunoslik fanidan sinfdan tashqari ishlarni bajarishdi o'quvchilar qanday rag'batlantiriladi?
19. Sinfdan tashqari ishlarni bajarishda o'qituvchining asosiy vazifalar nimalardan iborat?

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin