Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə21/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Tasviriy ko’rgazmalar. Ular tayyor holda magazinlarda sotiladi, sotuvchilarning mustaqil o’rganishlari va namoyish qilishda foydalaniladi. Ular to’plam holida tayorlanadi. Fabrikalarda, maktablar esa zaruriy miqdorda sotib oladilar.
Hajmli ko’rgazma vositalariga qo’ydagilar mansubdir:
Model - bu 3 o’lchamli ko’rgazma qurol bo’lib, jism yoki uning alohida qismlarini ko’rinishini aks ettiradi. Model faqat tashqi ko’rinishni emas, ichki mazmunni ham aks ettirib, tabiiy jismga yaqinlashtiradi. U ishlash printsipini ham ko’rsatishi kerak masalan, elektrostantsiya yer ning o’qi atrofidagi harakati, quduqning ishlashi, suv tegirmoni jonsiz tabiat modellariga globus, tog’lar modellari kiradi. Ularni namoyish qilish uchun foydalaniladi.
Globus-yer sharining kengaytirilgan ko’rinishi. O’z o’qi atrofida aylanishini aks ettiradi, parallel va meridian chiziqlari, shimol, janub, g’arb, sharq tomonlar, ko’l, okean va dengizlar rangli tasvirlar orqali ifodalangan.
Ichki organlar modellari ham mavjud: yurak, o’pka, bo’yrak, gulning modeli, meva va urug’lar modellari tayyorlanagan, ayrimlarini bolalarning o’zlari yasashlari mumkin. Maktab sharoitida plastilin, parafin, karton qog’ozdan bolalarning o’zlari yasashlari mumkin.
Mulyaj- bu jismning tashqi ko’rinishi /rangi,hajmi,shakli/-ichki mazmunsiz. Tabiatshunoslikka oid mulyajlar-mevalar sabzavot va ildizli mevalardir. Tayyor holda fabrikalardan chiqariladi, ya‘ni maktab dasturiga asoslangan holda tayyorlanadi. Mulyajlar to’garak mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilar kuchi yordamida ham tayyorlanadi.
Applikatsiya - bir tomonlama ko’rinishli hajmli qo’llanmadir. Plastilin, /orgoyna/-oyna maydalaridan tayyorlanadi. Terining tuzilishi, o’pka buyrak va boshqa ichki organ a‘zolarini shu yo’l bilan tayyorlab, tuzilishilari o’rganiladi. Qon aylanish tizimi, nafas olish, bosh miyaning tuzilishini ko’rsatish mumkin.
Boshlang’ich sinflarda kompas, Termometr ishlatish yo’llarini o’rgatish ham katta ahamiyatga molik.
Kompas – joyning mo’ljalini olish uchun foydalaniladigan (pribor) –asbob. Shahar chetidagi o’rmonda, sayohatlar, sayrlarga chiqqan paytlarda kompasdan foydalaniladi.
Termometr– harorat o’zgarishi bilan suyuq moddalarni kengayishini aniqlashda qo’llaniladi. Ob-havoni kuzatishda, suvni haroratini, tabiatshunoslik darslarida o’simliklar ustida tajribalardan foydalanishda Termometr qo’l keladi.
Ekran – ovozli ko’rgazma vositalari. Ularga o’quv filmlari, diafilm, gram yozuvlar, o’quv ko’rsatuvlari kiradi. Bu ekran qo’llanmalari harakatdagi voqea-hodisalarni ifodalaydi. Ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lmagan, uzoq o’lkalarda mavjud tirik va jonsiz tabiat ujurlarini harakatdagi holatini tabiiy muhitda ko’rish imkonini beradi. O’quvchilar ham ko’rib, ham eshitish orqali bilim oladilar.
Harakatsiz tasviriy ko’rgazmali qurollar kabinetda saqlash va foydalanish uchun juda qulaydir. Bu guruhga:
A) o’quv kartinalar;
B) jadvallar;
V) diagrammalar;
G) diapozitivlar;
D) sxemalar;
Ye) kartalar;
J) portret;
Z) otkritka /gul qog’ozlar/;
I) rasmlar;
K) turli xil didaktik qo’llanmalar

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin