Maktabgacha ta’lim metodikasi



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə29/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Tirik tabiat burchagi. Tirik tabiat burchagi boshlang’ich sinflar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. O’quvchilar bu yer da tirik mavjudotlar bilan doimiy munosabatda bo’ladilar. Ular ustida kuzatish va tajribalar o’tkazadilar, shuningdek, o’simlik va hayvonlarni yetishtirish va parvarish qilish ishlarini muntazam ravishda amalga oshiradilar. Shu jarayonda ular mustaqil qobiliyat, topshirilgan ishga nisbatan mas‘uliyat, tabiatga esa muhabbat tuyg’ulari shakllana boradi.
O’simlik va hayvonlarni uzoq kuzatishlar jarayonida ularda o’sish va rivojlanishi nimaga bog’liqligi, tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligini tushunishga imkon beradigan bilimlar o’quvchilarga yig’ila boradi. Bu esa dunyoni ilmiy hamda moddiy tushunishlarga asos bo’ladi.
Jonli tabiat burchagi hamda o’quv tajriba maydonchasida “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simlik va hayvonlarning parvarish qilish g’oyat muhimdir. Bu esa mahalliy o’lka tabiatini muhofaza qilishga ham yo’nalgan bo’ladi. Ayniqsa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida muhofazaga muhtoj. Tabiat jismlarini o’rganish va ko’paytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Kichik yoshli o’quvchilar turli mazmundagi amaliy va tadqiqot ishlarini bajara olib, o’z bilimlarini amaliyotda tadbiq etib va tabiatshunoslik darslari jarayonida ulardan foydalanadilar. Mazkur bilim va amaliy ko’nikmalar ulaning kelajagida kasb egallashlari tomon yo’naltiradi.
Tirik tabiat burchagida qo’yiladigan talablar shu bilan belgilanadiki, ular: tirik tabiat burchagi xonasi, yaxshi yaratilgan o’simlik va hayvonlar uchun talab darajasidagi sharoit yaratilishi lozim. Doimiy harorat ya‘ni optimal-qulay muhit bo’lishi talab etiladi. Bo’yi baland bo’lgan o’simliklar orqaroqda, past bo’yli o’simliklar ekologik guruhlarga ko’ra joylashtiriladi; bu guruhlarga yorug’sevar, issiqsevar, soyasevar, sovuqqa chidamli va hokazo.
Tirik tabiat burchagida quyidagi xona o’simliklarini o’stirish maqsadga muvofiqdir: aloe, asparagus, aspidistra, agava, koleus, begoniya, xinagul, koktusning bir necha turlari, kiparis, monstera, pelargoniya – yorongul, paparotnik, sak-severya, tradeskantsiya, uzun barg, binafsha, suv o’simliklaridan elodiya, vallisneriya, rdeet, richchiya yoki suv moxi, xara va boshqa hayvon turlaridan akvarium baliqlari – karas, qizil qanot, gambuziya, gubpi - sovuqsevar baliqlar.
Akvarium baliqlari–mollyuska, gidra, suv qo’ng’izlarini saqlab, ularning biologiyasini o’rganish o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Mollyuskalar bir hujayrali hayvonlar bilan ovqatlanadi. Shu yo’l bilan suvni toza saqlanishiga yordam beradi, suv sanitari hisoblanadi.
Tirik tabiat burchagida suvda ham, quruqlikda yashovchi–baqalar; sudralib yuruvchilardan–toshbaqa; qushlardan–kanareyka, to’tiqush, kaklik, bedana, kurka va hokazo. Sut emizuvchilardan–tipratikan, quyon, oq sichqon va boshqalar.
Umuman o’quvchilar tirik tabiat burchagida parvarish qilinayotgan hayvonlarni kuzatadilar, axloqlarini o’rganadilar, ovqat beradilar, tagliklarini tozalaydilar, suv beradilar, o’simliklarni oziqlantiradilar, sug’oradilar, ostiga ishlov beradilar, barglarni yuvadilar, tozalaydilar. Ko’chirib o’tkazadilar, urug’laridan namuna, kolleksiyalar to’playdilar, gerbariylar tayyorlanadi. Shu jarayonda mazkur o’simlik va hayvonlar haqidagi bilimlari oydinlashadi.
Tabiatshunoslik kabineti – o’quv moddiy bazasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kabinetda ko’rgazmali qurollar, sayohat jihozlari, mehnat yoki tajriba – maydonchada qo’llaniladigan asbob-uskunalar, sayrlar, jihozlar saqlanadi. Ular foydalanish uchun olinganda qulay joyda turishi oson topilishi lozim. Buning uchun maxsus shkafda bo’lishi, ko’rgazma qurollarning nomi aks etgan ro’yhat tuzilishi darkor, ular nomerlanadi va shkaf oynasi oldida ilib qo’yiladi.
Mayda preparatlar shkafda, jadvallar sandiq yoki maxsus yashikda, ekran qo’llanmalari esa xonaning oxirida joylashtirilgan baland – yirik stol ustiga qo’yiladi. Xona gullari maxsus tagliklar, (metall) yoki deraza tagligida, Terrarium esa deraza tomonda–yerda–polda, akvarium esa balandroq stol ustida –akvariumda qo’yiladi.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin