O’lkashunoslik burchagi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabga borishi bilanoq o’z joylarini o’rganishga kirishadilar. Tabiat ashyolari bo’yicha kuzatishlar olib boradilar. O’quvchilar tomonidan sayohat, kuzatishlar davrida boy tabiiy jismlar to’planadi, ularda esa o’quv jarayonida foydalaniladi.
To’plangan materiallar asosida o’lkashunoslik burchagi tashkil etiladi. Burchak tabiatshunoslik burchagi kabineti yoki alohida xonada tashkil etilishi mumkin. U yerda uch bo’lim tashkil qilinishi mumkin:
turgan joyidagi daryo, suv omborlari haqida ma‘lumotlar;
joy tropigi;
o’lka o’simliklari;
o’lka hayvonlari to’g’risidagi ma‘lumotlar /fotosurat, rasmlari/ joy oladi.
“Bu qiziq” sarlavhasi ostida qiziqarli savollar. Asarlardan parchalar. Topishmoqli rasmlar./Hayvonlarning organlari/ joylashtiriladi.
O’lkashunoslik buchagida o’z o’lkasi tarixi bo’yicha tayyorlangan albom. Tabiat muhofazasi bo’yicha ma‘lumotlar /o’simlik va hayvonlarning fotosuratlari/ mavjud qo’riqxonalar, zakazniklar nomlari ko’rsatilishi lozim.
Savollar. 1.Tabiatshunoslik fanini o’qitishdagi vositalar.
2. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda qanday tabbiy vositalardan foydalanamiz.
3. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda foydalaniladigan vositalarni turli metodlar yordamida tushuntiring.
Topshiriqlar. 1.Tabiatshunoslik fanini o’qitishda foydalaniladigan vositalarni rasm orqali ifodalang.
2. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda foydalaniladigan vositalarni farqi va ahamiyatini toping.
2-AMALIY MASHG’ULOT