Maktabgacha ta’lim metodikasi


Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə46/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.
Nazariy tushuncha.Tabiatshunoslik darslariga qo’iladigan umumiy talablar qo’yidagi vazifalardan kelib chiqadi: o’quvchilarni tabiatdagi umumiy o’zgarishlar to’g’risida, o’z o’lkasining tabiati to’g’risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to’g’risida, yer ning shakli va relefi to’g’risida, odam organizmi va uning salomatligini muxofaza qilish to’g’risida bilimlar bilan qurollantirish; botanika, jo’g’rofiya, yuqori sinflarda anatomiya bo’yicha o’quv materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o’quv va ko’nikmalarni shakllantirish; o’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; tabiatshunoslik o’rganishda qiziqishni shakllantirish.
Tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy, mexnat, axloqiy, estetik va jismoniy birldigini ta’minlaydi. Ayniqsa tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material beradi.
“Klaster” usuli.
Bu usul o’quvchiga berilgan mavzu bo’yicha erkin fikr yuritish imkonini yaratadi. Bu usulda o’quvchi nimani o’ylagan bo’lsa, belgilangan vaqt tugagunga qadar shuni aytadi va yozadi. Bu sinfning har bir o’quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirib, ular o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. “Klaster” usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo’yicha oldin egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’tkaziladi.

“Mozaika” usuli


Mozaika ya’ni mayda bo’laklardan yaxlit ko’rinishni hosil qilish.
O’yinning o’tkazilish tartibi:
 O’quvchilar guruhlarga ajratiladi;
 O’qituvchi o’yin tartibi bilan tanishtiradi;
 Har bir guruhga qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning
rasmlari bo’laklarga bo’linib, alohida tarqatiladi;
Vaqt belgilanadi;
 Belgilangan vaqt ichida bajarilgan ishlarning taqdimoti
o’tkaziladi;
 Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt
haqida gapirib beradilar.

Issiq kartoshka” usuli.


 O’quvchilar aylana bo’lib turib oladilar;
 O’qituvchi biror mavzuda so’z aytadi va qo’lidagi koptokni
bir o’quvchiga otadi;
 Koptokni ilib olgan o’quvchi shu mavzuda so’z aytib u ham
bir o’quvchiga koptokni otadi;
O’yinning sharti bo’yicha so’zlar takrorlanmasligi va koptok
ushlab turilmasligi kerak. Kimda kim shunday xatolikka yo’l qo’ysa
o’yindan chiqqan hisoblanadi.
To’xtab o’qish” usuli.
O’qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha marta to’xtab, o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan matnga tegishli bo’lishi zarur. Yoki o’quvchi matn o’qish jarayonida to’xtatilib, nima haqida o’qiganligi so’raladi. Bu usul orqali o’quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash ko’nikmalari shakllanadi.
Zanjir” usuli.
Xotirani mustahkamlash uchun o’tkaziladigan usullardan biri bo’lib, o’tkazilish tartibi:
 O’quvchilar diqqatlarini jamlab oladilar va o’qituvchi topshirig’iga binoan tayyorlanib oladilar;
 O’qituvchi hayvonlardan birining nomini aytadi va boshqa bir o’quvchiga uni qaytarishini va o’zi ham yana bir hayvon nomini aytishini taklif qiladi;
 Keyingi o’quvchi ham avvalgi hayvonlar nomini aytadi va o’zi ham bir hayvon nomini qo’shib aytadi;
 Topshiriq shu tariqa davom etadi, qaysi o’quvchi xotirasi pand berib hayvon nomlarini unutsa zanjir o’sha yerda uzilgan hisoblanadi. Bu usul orqali o’quvchilar xotirasi mustahkamlanadi hamda biror mavzu bo’yicha kengroq ma’lumotga ega bo’ladilar hamda og’zaki nutq rivojlanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin