Maktabgacha ta`lim muassasalarida tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash. Musiqa ta’limi kafedrasi o’qiruvchisi : D. Raimova


Tabiiy materiallarni to’plash va quritish usullari



Yüklə 12,69 Mb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü12,69 Mb.
#169445
1   2   3   4
Lecture - 9 (1)

Tabiiy materiallarni to’plash va quritish usullari:

  • 1.O‘simliklarni quritib olish.
  • 2.Gerbariy,gerbariy ramkalarida quritish.
  • 3.Pressda quritish.
  • 4.Poxol (somon).
  • 6.Qushlar qanoti katta pat

1.O‘simliklarni quritib olish.

  • O‘simliklarni to‘plash va quritib olishda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo‘lishi kerak. O‘simliklarning gullari, barglari, poyasi va shu kabilarni to‘plash maqsadida ekskursiyaga chiqilganda bir juft gazeta, qaychi bo‘lishi shart. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi. Gullarni qo‘l bilan sindiri bolib bo‘lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin. Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik (yomg‘ir yoki shudring)dan holida bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simliklarda tabiiy rangni asrab qolishning eng muhim sharti ularni shamol o‘tib turadigan joyda, elvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O’simliklarni quritish 3 sutka-kundan ortiq davom etmasligi zarur chunki,turli o‘simliklarni to‘plashni o‘z muddatlari bor..

2.Gerbariy,gerbariy ramkalarida quritish

  • Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq qog‘oz yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik o‘rtasiga yana bir necha qavat qog’oz yoki gazeta qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng, papka ichiga to‘rsimon rama shaklida qog’oz o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoda saqlanadi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo‘lsa, quritilayotgan o‘simlik issiq va quruq joyga olib kiriladi. Murakkab gullilar quritilganda to‘p gullilar poyasidan ajratilib pastgacha joylashtiriladi, so‘ngra uning ustiga paxtani aylana qilib qo‘yiladi, bunda faqat barglar usti yopilib, gulning o‘rtasi ochiq qoldiriladi.Yirik to‘p gulli o‘simliklarning gulini quritish murakkab tayyorgarlikni talab qilganligi uchun ham kichik, orta guruh bolalari ularni quritish bilan shug‘ullanmaydilar.

Yüklə 12,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin