Maktabgacha ta`lim muassasalarida tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash. Musiqa ta’limi kafedrasi o’qiruvchisi : D. Raimova



Yüklə 12,69 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü12,69 Mb.
#169445
1   2   3   4
Lecture - 9 (1)

3.Pressda quritish.

  • Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner listlari o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘irlik pressga (temir yoki shunga o’xshash narsadan tayyorlangan asbob) qancha o‘simlik joylashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi.2—3 soatdan so‘ng qog‘oz orasi- prokladka (oraga qo’yilgan qog’oz yoki mato) almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.
  • Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasida o‘simlikni qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatdagi gazetani olib, quritilayotgan narsani shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so‘ngra gazetani yopib yana dazmollanadi. O‘simlik 2—3 daqiqada quriydi va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan narsa ko‘tarilganda o‘z tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi, agarda u sinib, maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi

4.Poxol (somon).

  • Poxol-somondan sanoatda to‘qish va dekoratsiya, applikatsiya ishlarida (qutichalar, panellar, qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda foydalaniladi. Bu maqsadda bug‘doy, javdar, arpa-somonlari ishlatiladi. Agarda bu o‘simliklarning poyasi yaxshilab ko‘rib chiqilsa, poyaning o‘zaro bo‘g‘imlar bilan birikkanligini, eng yuqoridagi qismi ingichkaroq, uzunroqligini ko‘rish mumkin. Poya ana shu bo‘g‘imlardan qirqib, qismlarga ajratiladi. Qirqilgan poya qismlari ko‘rinishi va uzunligiga ko‘ra sortlarga ajratiladi: eng uzuni I sort-nav, kaltarog‘i II, eng qisqasi III sortlar bo’lishi mumkin.

4.Poxol (somon).

  • Applikatsiya va bezash ishlarida ishlatishdan oldin somon bog‘lami chuqurroq idish, (tog‘araga)ga solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi va tog‘orada bir kun saqlanadi. Bir kundan so‘ng uni idishdan olib, suvi silqitib tushiriladi va har birini uzunasiga o‘rtasidan bo‘linadi.
  • Qirqqanda pastdan yuqoriga qarab qirqiladi. So‘ng rasmning qirqilgan tomonini pastga qilib qo‘yib, iliq holatda dazmollanadi. Dazmolning qiziganlik va dazmollash vaqtiga somonni turli ranglarga kiritish mumkin. Masalan, och-sariq, sariq, ochjigarrang, jigarrang. Dazmollangan somon ehtiyotlik bilan qutichaga solib qo‘yiladi.
  • Agarda somondan narsalar yoki qo‘g‘irchoq to‘qiladigan bo‘lsa, uni tog‘oradan namligida olib, yumshoqlik vaqtida 4—5 somondan iborat lenta to‘qiladi yoki bog‘ qilib bog‘lab, qo‘g‘irchoq yasaladi, to‘qilgan somon lentadan turli narsalar: shlyapalar, karmonlar va shu kabilar to‘qiladi.

Yüklə 12,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin