Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə7/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

Pedagogik jihatlari. Pedagogik nuqtai nazaridan, multimedia texnologiyasining MTTlari ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbig’i, ularga kompyuter asosida yangicha texnologik yondashuv hisoblanadi. Shuning uchun, multimediali kompyuter texnologiyasining o’ziga xos belgilari, xususiyatlari va tamoyillari mavjud: asosiy belgilari - texnik vositalardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning bilimini aniqlash mezonnini ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirish, monitor ekraniga qarab va undagi materiallardan foydalanib bilim olishdan iborat. Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bir vaqtning o’zida bolalarning kompyuter savodxonligini shakllanishiga ham olib keladi.

Masalan, an’anaviy ta’lim texnologiyasida kompyuter faqat texnik vosita sifatida qaraladi, multimediali kompyuter texnologiyasida esa u ko’rgazmali vositadan tashqari "ta’lim manbai" sifatida mujassamlanadi, ya’ni o’rganiladigan material oldindan kompyuter xotirasiga kiritilgan bo’ladi. Ushbu material tarbiyachining an’anaviy metod bilan mashgulot o’tkazish bo’yicha tuzgan ishlanmasiga o’xshaydi.

MTT tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallarni o’rgana borsalar va kompyuterdan foydalanish bo’yicha yetarlicha ko’nikma hosil qilsalar, maktabda boshlang’ich sinfda informatika fanini o’rganishiga, kelajakda esa akademik lisey yoki kasb-xunar kollejlari va oliy o’quv yurtida kompyuterdan foydalana olish malakasiga tuliq ega bo’ladilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida mantiqiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga xavaslari va ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari shakllanadi.


Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin