Psixologik jixatlari. Bolalarning yoshini va fikrlash darajasini, ta’lim materialini xotirasida saqdash imkoniyatini hisobga olish, kompyuter bilan ishlaganda ko’z toliqishining oldini olish, bolalarning xotirasini rivojlantirish, diqqatini barqarorlashtirish, ta’lim materiallariga qiziqishini orttirish, xis-hayajonli hissiyot uygotish, kompyuterda ishlash qobiliyatini o’stirish kabilar ham multimedia texnologiyasini ta’limda qo’llanishning psixologik jihatlarini tashkil etadi. Monitor ekranida tasvirni ko’rganda hamda tovushni eshitayotganda bola miyasining ikkala yarim shari bir vaqtda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda qabul qilib olinadi.
Animasiyali ma’lumotlarning insonga ta’siri katta bo’lib, undan MTTlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini ko’proq jalb qilish xususiyatiga ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o’zida ham ko’rish, ham eshitish orqali bilim olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon isbotlangan. Zero, xalqimizda "yuz marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi" degan maqol bor. Psixologiyada ham bir vaqtning o’zida bolaning ham ko’rish, ham eshitish organlaridan foydalanish orqali bilim berish, ular tomonidan materiallarni o’zlashtirishning yuqori bo’lishi uchun kafolatli ekanligi ta’kidlanadi. Bu borada akademik S.S.G’ulomov va boshkdlar quyidagilarni ta’kidlaydi: "Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotning xotirada saqlab qolinishi 25-30 % ga oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqdab qolish 75 % ga ortadi ".
Psixologlarning ta’kidlashicha, bolalar asbob-uskunalarga, texnik qurilma va transport vositalarining modellariga, o’yinchoqdarga juda qizikuvchan bo’ladi. Shu bilan birgalikda, o’rganilayotgan o’quv materialiga bo’lgan qiziqishlarini ham orttiradi. Bolalarning bilim olishlarga ishtiyoqlari kuchayadi, fikrlash doiralari oshadi.
Asosiy tamoyili, kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning mahsuldorligi, to’g’ri va teskari aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanishidan iborat. Shuningdek, pedagogik tajriba natijalari multimedia vositalaridan MTTlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillari qatoriga: dasturlashtirish, ilmiylik, moslik, jadallik, ta’lim maqsadlarining o’zaro bog’liqligi, ko’rgazmalilik qobiliyatini o’stirish kabilar ham multimedia texnologiyasini ta’limda qo’llanishning psixologik jihatlarini tashkil etadi. Monitor ekranida tasvirni ko’rganda hamda tovushni eshitayotganda bola miyasining ikkala yarim shari bir vaqtda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda qabul qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |