Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə16/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim- tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:

  1. agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo’lib qoladi.

  2. agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahdil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi.

Shuning uchun, MTTlar sharoitida kompyuterlardan ta’lim-tarbiya jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi dialog texnologik xaritaga kiritilgan reja asosida olib boriladi.

Agar MTTdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo’lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta bo’lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o’tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to’g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so’raladi. Agar MTTlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo’lsa, tarbiyachi mashg’ulotni "kompyuter-elektron doska" usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTTda bitta kompyuter bo’lgan hol) kompyuter xotirasidagi o’rganiladigan material elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhining barcha bolalari bilan muloqotda bo’ladi. Mashg’ulot davomida o’rganiladigan materialning har bir bo’lakchasini tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining o’zi xulosalab boradi.

Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi nazorati asosida tarbiyalanuvchilarning o’zlari mustaqil bajaradilar va o’zlarining kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar.

Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg’ulot o’tkazishda analogiya metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi qurilmasini o’rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin. Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexanik yozuv mashinasi bilan taqqoslanadi.

Sonlarning katta-kichikligi o’rganilayotganda 1000 so’mlik pulning miqdori kattami yoki 500 so’mlik pulning miqdori kattami deb so’ralsa, 6-7 yoshli bolalar ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar.

Buyumlarning uzunlik-o’lchovini o’rganishda "Ukangning bo’yi balandmi yoki sening bo’ying balandmi?", - deb savol qo’yilsa, tarbiyalanuvchilarga tushunchaning mohiyati tezda ayon bo’ladi. Yoki "Bir qavatli o’y balandmi, ikki qavatli o’y balandmi?", - deb savol qo’yish mumkin.

Multimedia texnologiyasidan foydalanilgan mashg’ulot (kompyuterli ta’lim)da slayd, taqdimot va boiqa ko’rgazmali vositalar tayyorlash va misollar tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uy- ruzg’or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan foydalanish kerak.

Masalan, 10 soni ichida ayirish amalini bajarishda tarbiyachi tarbiyalanuvchidan "Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga berding. O’zingda nechta konfet koldi?",- deyilsa, kundalik turmushida uchrab turadigan masala bo’lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan keyin monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta "buyum"dan 3 tasi ayirilsa, nechta "buyum" qolishini aytib beradi.

Mashg’ulotning texnologik xaritasi. MTTlarning maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars shaklda o’tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo’yicha o’ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, mag’sadi va vazifalari, mashg’ulot mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak.

Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to’g’ri bajarsa, u holda unga "a’lo" bahoni ifodalaydigan 3 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda "yaxshi" bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga "qoniqarli" bahoni ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni to’g’ri bajara olmasa, u holda hech qanday ball qo’yilmaydi.

Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin