Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 93,84 Kb.
səhifə18/20
tarix02.01.2022
ölçüsü93,84 Kb.
#40274
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Zamonaviy texnologiyalar asosisda ta’limni tashkil qilish

MTT bolalarining kompyuter savodxonligini shakllantirish. MTTlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri - bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. TPuning uchun, tarbiyachi (pedagog) ushbu muammoga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Kompyuterning tuzilishi va undan foydalanish ko’pgina adabiyotlarda bayon etilgan. MTTlari tarbiyalanuvchilariga kompyuterning tuzilishini va undan foydalanishni juda sodda shaklda bayon etish maqsadga muvofiqdir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter savodxonlikni shakllantirish dolzarb vazifadir. Uning dolzarbligi: birinchidan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, kompyuterlashtirish, tarbiyalanuvchilarga kompyuter savodxonlikni shakllantirish vazifasini quyilganligi; ikkinchidan, hozirgi kunda jamiyatni shu jumladan, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi; uchinchidan, multimedia texnologiyasining asosiy vositasisiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu vazifani amalga oshirib bo’lmasligi bilan belgilanadi.

MTT tarbiyachi (pedagog)larining kompyuter savodxonligi oliy o’quv yurtlarida "Informatika va axborot texnologiyalari" fanini o’rganish jarayonida shakllantiriladi. MTTdagi ish faoliyati davrida esa, masofali ta’lim tizimidagi maxsus kurslarga yozilish, viloyat va shahar miqyosidagi kompyuterlarni o’rgatishga qaratilgan maxsus seminarlarda, malaka oshirish kurslarida qatnashish, nihoyat, mustaqil o’rganish yo’li bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi va zaruri tarbiyalanuvchi (bola)larning kompyuter savodxonligini shakllantirish va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.

MTT tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter savodxonlikni shakllantirishda turli usullar (masalan, analogiya va modellashtirish)dan foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanilganda kompyuterning tashki qurilmalarini o’rganish va ulardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish oson kechadi. O’rganish jarayoni esa, bosqichma-bosqich amalga oshirilib, dastlab oddiy elementlardan boshlanadi, so’ngra murakkablariga o’tiladi. Analogiya - kompyuterni televizor bilan taqqoslash asosida olib boriladi (hozirgi davrda barcha MTTlarida va har bir oilada televizorlar mavjud).

Tashqi uxshashlik:

  1. Tarbiyalanuvchilarga kompyuterda televizor ekraniga uxshash ekran borligi ta’kidlanadi.

  2. Televizor ham, kompyuter ham ishlatish oldidan elektr tarmog’iga ulanadi (tarbiyachi yoki pedagog bir vaktning o’zida ko’rsatib boradi).

  3. Televizor antenna yordamida telemarkazdan yuborilayotgan tasvirlarni (ma’lumotlarni) qabul qiladi. Kompyuter esa, uning xotirasiga kirgiziladigan ma’lumotlar va axborotlarni qabul qiladi.

  4. Televizor maxsus pultlar orqali boshkariladi (kanallar va tovush o’zgartiriladi). Kompyuter esa, maxsus tugmachalar va "Sichqoncha" orqali boshqariladi. Bularni ham tarbiyachi bir vaqtning o’zida ko’rsatib boradi.

  5. Televizor da DVD qurilmasi yordamida kompakt disklardagi tasvirlarni qayta ko’rsatish mumkin. Kompyuterda esa, kompakt disklardan tashqari, uning xotirasiga kiritilgan tasvirlarni qayta ko’rsatish mumkin.

  6. Televizorda yozuv ishlarini bajarib bo’lmaydi, kompyuterda esa, klaviatura yordamida yozuvlarni yozish mumkin (tarbiyalanuvchilarga klaviatura qurilmasi ko’rsatiladi). Printer qurilmasi esa, yozuvlarni chop etib beradi (printer qurilmasi ham ko’rsatiladi). Televizor ekranida markaz yuborayotgan turli xil o’yinlarni (masalan, stadiondan futbol o’yinini) ko’rish mumkin. Kompyuter monitorida esa, uning xotirasiga kiritilgan dasturdagi va Internetdan olingan turli xil o’yinlar ko’rsatiladi (tarbiyachi biror-bir kompyuter o’yinini namoyish etadi).

  1. Tarbiyachi kompyuterning afzalliklarini ko’rsatadigan yana bir taqqoslashlar keltiradi. Jumladan:

  1. Tarbiyalanuvchining daftariga chizgan rasmi xarakatlanmaydi (statik holat). Kompyuter xotirasidagi rasm harakatlanib turishi mumkin (animasiya).

  2. Tarbiyalanuvchi daftariga 15-20 ta rasm chizganda daftari to’lib qoladi. Kompyuter esa, minglab rasmlarni xotirasyda saqlashi mumkin.

  3. Tarbiyachi "A" harfini doskaga yozib ko’rsatadi va ma’lum vaqgdan keyin u o’chirib tashlanadi. Kompyuterga kiritilgan "A" harfi uning xotirasida uzoq vaqt saqlanib turadi va istalgan vaqtda ochib ko’rsatilishi mumkin.

Tarbiyalanuvchi geometrik shakllar - uchburchak, turtburchak, ko’pburchaklarni chizish uchun ko’p vaqt yearflaydi, kompyuterda bu jarayon qisqa vaqtda va oson bajariladi.

  1. MTT tarbiyalanuvchilarining yoshiga mos kompyuter qurilmalari bilan tanishish va ishlash algoritmi beriladi hamda ishlash jarayoni o’rgatiladi. Jumladan, kompyuterda ishni boshlash uchun:

  1. dastlab u elektr tarmog’iga o’lanadi;

  2. o’zini-o’zi tekshirish amali bajariladi;

v) operasion tizim yuklanib, maxsus belgi kiritiladi va viruslar ta’siri tekshiriladi;

g) "Sichqoncha" yordamida kompyuterda belgilangan vazifalar bajariladi;

d) belgilangan vazifalar bajarilib bo’lingach, yuklangan dasturlarning

ishlashi to’xtatiladi, ko’rsatuv oynasi va boshqaruv qismi o’chiriladi; ye) kompyuter elektr tarmog’idan uziladi.



Yuqoridagilar MTT tarbiyalanuvchilari uchun o’rgatilishi kerak bo’lgan minimal elementar bilimlardir (yosh bolalarga kompyuterning ichki tuzi lishi o’rgatilmaydi).

V) Ma’lumki, MTTlarining tarbiyalanuvchilarida elementar kompyuter savodxonlikni shakllantirish deganda, yuqoridagilardan tashqari, ularning amaliy faoliyati va kompyuterda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda amaliy

malakalarini shakllantirish ko’zda tutilgan. Tabiiyki, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga - oshirishda tarbiyalanuvchilar birdaniga klaviaturadan yoki "Sichqoncha"dan foydalana olmaydilar. Buning uchun, ular dastlab o’z malakalarini oshirishlari kerak. Tarbiyalanuvchilarning malaka oshirishlari quyidagicha amalga oshiriladi:

MTT sharoitida klaviaturaning kattalashtirilgan modeli va "Sichqoncha"ning o’ziga uxshash modeli tayyorlanadi. Tarbiyachi dastavval tarbiyalanuvchilarni klaviatura modelida mashq qildiradi. Jumladan, ularni harflarni va kompyuterni boshqarishga tegishli tugmachalarni birin-ketin barmoqlari bilan bostirib chiqadi va tushuntirib boradi. So’ngra tarbiyalanuvchilar "Sichqoncha" modeli bilan mashq qiladilar.

Bunda "Sichqoncha" modeliga ulangan ko’rsatgichlar kompyuter ekraniga uxshash va vertikal joylashtirilgan taxtaning tarbiyachi belgilab bergan nuqtasiga olib boradi. Shundan keyin, tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yoki pedagog nazorati ostida xaqiqiy klaviaturada va "Sichqoncha" bilan ishlashga o’tadilar. Dastlab klaviaturada biron-bir harfni, masalan, "A" harfiga mos tugmachalarni bosib uni kompyuter ekranida hosil qilish bo’yicha mashq bajaradilar va ekrandagi harflarni printerdan chiqaradilar.

G) Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantiri- lishdan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o’zining nazorati ostida "Sichqoncha" yordamida turli ta’lim o’yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga uxshash vazifalarni bajartirishga o’tadi. Tarbiyalanuvchilar "Sichqoncha"dan foydalanish bo’yicha to’la amaliy malaka va ko’nikma hosil qilganlaridan so’ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib turadi.



D) MTT tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllanti- rishning

yana bir qo’lay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash ham kompyuter xotirasiga kiritilgan test savollari, rasmlar, o’yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga

oshiriladi. Bu holda tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga to’g’ri javob topishlari shart.

MTTlarida masofali ta’lim texnologiyasidan foydalanish jarayonida ham kompyuterdan foydalanish qo’l keladi. Internetdan foydalanish tarbiyachining bevosita nazorati va ko’rsatmasi asosida o’tkaziladi.

Kompyuterni televizorga taqqoslash jarayonida tarbiyalanuvchilarga DVD qurilmasi, uning pulti va undan foydalanish kompyuter bilan ta’minlanmagan ba’zi bir MTTlaridagi tarbiyachi-pedagoglarga multimedia texnologiyasidan foydalanishda qo’l keladi, ya’ni ta’lim tashkiloti kompyuter bilan ta’minlangunga qadar vaqtinchalik ta’lim- tarbiya jarayonida televizor va DVDdan foydalanib turiladi. Buning uchun, u yoki bu yo’nalish bo’yicha ta’lim materialiga tegishli kompakt disk tayyorlash kifoya.

Kompyuterli mashgulotlar an’anaviy mashg’ulotlarga nisbatan qiziqarli o’tadi, hatto passiv bo’lgan tarbiyalanuvchilar ham kompyuterli mashg’ulotlarda faol qatnashadilar. Masalan, "Turnacha" MTTidagi faol bo’lmagan tarbiyalanuvchilar, kompyuterda o’rganiladigan o’yinni kuzatib, tarbiyachiga bu to’g’rida savol bera boshladilar. Bu esa, faol bo’lmagan tarbiyalanuvchilarning o’rganiladigan material (o’yin)ga qiziqishlari oshganini bildiradi.

Yüklə 93,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin