Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган


II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə3/8
tarix02.03.2022
ölçüsü36,23 Kb.
#53311
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5231333860893002190

II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. Tashkilot quyidagi xuquqlarga ega:
a) tashkilot xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini himoya qilish;

b) tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota-onaning istagidan hamda, tarbiyalanuvchining yosh hususiyatidan kelib chiqib bolani guruhga taqsimlash;

v) tibbiy ko‘rik va tarbiyalanuvchining kasallanishi natijasida uning tashkilotda bo‘lishini taqiqlovchi hollar aniqlanganda shifokor tomonidan berilgan tegishli tibbiy xulosa berilgan vaqtlarda uni tashkilotga qabul qilishni rad etish;

g) tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lgan davri uchun to‘lanadigan badal to‘lovi har oyning 15-sanasidan keyin ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, ota-ona bilan tuzilgan shartnoma tashkilot tomonidan bir taraflama bekor qilish mumkin;

d) shartnoma bekor qilingan hollarda tashkilotga bola qatnovini tiklash (kelmagan kunlari uchun to‘lov qoplangan taqdirda) yoki yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;

e) tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish;

j) tashkilotda zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, asosiy ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda ota-onalar hohishiga ko‘ra pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish;

z) tashkilotdagi tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchini kunlik filtratsiyadan o‘tkazish jarayonida bolada tashkilotda bo‘lishni ta’qiqlaydigan kasallik aniqlanganda uni muassaga qabul qilishini rad etish.




4. Tashkilotning majburiyatlari:
a) tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tarafidan beriladigan yo‘llanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish;

b) bolaning tashkilotda bo‘lgan davrida tarbiyalanuvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixik sog‘lig‘ini ta’minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish hususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondashishni ta’minlash, bola xuquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, rioya qilish;

v) pedagog kadrlar tomonidan  odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash, tarbiyalanuvchi va ota-onaning qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga ko‘maklashish, tarbiyalanuvchini turli tazyiqlardan himoya qilish;

g) tashkilotda maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

d) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish;

e) tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolovchi- profilaktik tadbirlar (reja asosida profilaktik emlash, sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rik) o‘tkazish;

j) tarbiyalanuvchida o‘qishga intilish hissini uyg‘otish, ularni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;

z) ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal to‘lovlarni hisoblamaslik;

i) belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;

k) tarbiyalanuvchiga tegishli bo‘lgan narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;

l) ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;

m) ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari, muassisning manzili va telefoni hamda ta’limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish;

n) tashkilot tomonidan tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib ota-onadan majburiy tarzda pul yig‘ish va moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi;

o) pandemiya davrida karantin sharoitida har bir guruhga 15 tadan ortiq bolalarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik nuqtai nazaridan eng zarur xolatlarda (harbiylarning bolalari, tungi smena va 15 kunlik vaxta sharoitida ishlovchi ota-onalarning bolalari) qabul qilinadigan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish;

p) ro‘yxatga kiritilgan bolalarning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbatlar olib borish;

r) ro‘yxatdagi bolalarning hududiy oilaviy poliklinikalardan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini tashkil etish;

s) ota-onalar uchun bolalarni MTTga keltirish va olib ketishni tashkil etish uchun kelib-ketish grafigini ishlab chiqish;

t) farzandini MTTga olib kelgan ota-onalarning MTT xududiga kiritmaslik,

u) MTT darvozasi oldida oyoq ostida 50 x30 o‘lchamda o‘zida namlikni saqlab turuvchi matodan dezinfeksiya barerini tashkil etish va muntazam ravishda uni dezinfeksiya vositasi bilan namlab turish;

f) MTTning kirish qismidan tortib, o‘yingoxlarigacha bo‘lgan xududlarida sanitariya me’yorlariga amal qilgan xolda ishni va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;

x) ijtimoiy masofani saqlagan xolda ishni tashkil etish;

y) tarkibida xlor moddasi bo‘lmagan ammo spirti bo‘lgan antiseptik vositalardan foydalanish;

e) guruhlarda yuvish va namlab artish imkoni bo‘lgan o‘yinchoqlar va didaktik vositalardangina foydalanish;

yu) yozgi sog‘lomlashtirish davrida umumiy suv xavzasidan foydalanmaslik;



5. Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega:
a) tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;

b) tashkilotning ustavi bilan tanishish;

v) tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlarva h.k.) mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;

g) tashkilotda tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

d) tashkilotda bolasi uchun ta’lim berish tilini tanlash;

e) tashkilotda tarbiyalanuvchita’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;

j) tashkilotning kun tartibi davomida ___soat dan ___soatgacha bo‘lgan davrda yoki o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirish asosida tarbiyalanuvchinini tashkilotdan olib ketish;

z) tashkilot rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.


 6. Ota-onaning majburiyatlari:
a) mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;

b) pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan tashkilot rahbariyati bilan muammoni hal qilish;

v) tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota-onalar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;

g) tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda , zudlik bilan tashkilot ma’muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy malumotnomani taqdim etish;

d) tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini o‘z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) shaklda to‘lash hamda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;

e) agar tarbiyalanuvchi joriy oyning 15-sanasidan keyin tashkilotga kelgan taqdirda ta’minot uchun to‘lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lash;

j) tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish) taqdim etish;

z) tashkilot ishchi xodimlari va tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

i) tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini tashkilotga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;

k) tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni tashkilotga olib kirmaslik;

l) tashkilotga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda tashkilot ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi;

m) yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, tashkilot rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda xabar berish;

n) bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;

o) pandemiya davrida bolalarga antiseptik vositalari, qog‘oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil rangdagi sochiqlar olib berish;

p) ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda tashkilotga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.


Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin