Mavzu Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predm2
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining vazifasi Maktabgacha ta’lim pedagogikasining ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish;
• ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
• bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sog'ligini ta’miniashda o‘qituvchi-tarbiyachi mahorati. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotming maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishda bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib bo- rishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhit- ning hal qiluvchi ahamiyatga egaligiga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikaning vazifalari:
• maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagogik muammolarni hal qilish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga qiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish;
• bolalar tarbiyasida mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash;
• bolalarga yuksak odob, ma’naviy-axloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi.
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir.
Xulosa Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini o'rganadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomil- lashtirishga yordam beradi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.