Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari



Yüklə 7,94 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü7,94 Kb.
#179392
  1   2
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi lavozimining malaka t-hozir.org


Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari


Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami


157

Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

3320

Xodimlar toifasi

Mutaxassis




  1. Lavozim vazifalari:

Tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;


yoshi va individual hususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar bilan ta’lim tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning hayoti va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomaning talablariga qat’iy rioya etgan bolalarni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish, tashkilotning binolarida va bolalar maydonchalarida sanitariya qoidalari va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini saqlash;
rivojlanish xaritasiga muvofiq barcha ma’lumotlarni aks ettirgan holda har bir bolaning rivojlanish hususiyatlarini o‘rganish, bolaning rivojlanish jarayonining natijasiga ko‘ra, kuzatuv xaritasini o‘z vaqtida 3 marta dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy bosqichlarda amalga oshirish;
o‘ziga-o‘zi xizmat qilish va hayot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bolalarning ko‘nikmalarini shakllantirish;
guruhlarda davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya dasturlaridan bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda samarali foydalanish;
tarbiyaviy ishlar bo‘yicha joriy va uzoq muddatni rejalashtirish, ish rejasiga muvofiq mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, vizual va didaktik materiallarni tanlash; bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish;
ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan bola tarbiyasiga oid dolzarb masalalarda yig‘ilishlar o‘tkazish (har chorakda bir marta), ularga bag‘ishlangan mavzuli stendlar mazmunini muntazam yangilash;
bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl va usullarini qo‘llay olish, intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy xorijiy, ijtimoiy kommunikativ hamda muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlarni tashkil etish;
bola shaxsiga alohida yondashuvni, guruh va individual mashg‘ulot, o‘yin, sahnalashtirish, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish, individual xususiyatlari, qiziqish va qobiliyatlarini o‘rganish;
ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish;
bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarni joriy etilishini ta’minlash;
guruhlardagi faollik markazlarini bolalar yoshiga mos bo‘lgan o‘quv ko‘rgazmali, tarqatma va didaktik materiallar orqali bolalarga zarur sharoitlarni yaratish;
tarbiyalanuvchilar sog‘ligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, tashkilot tibbiy xodimlarini, ota-onalarni darhol xabardor qilish;
tarbiyalanuvchilarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnovini hisoblash davomatini yuritish, ularni tashkilotga kelmaganligi to‘g‘risida tibbiy xodimlarini o‘z vaqtida xabardor qilish, telefon aloqa orqali sababini aniqlash yoki uyiga borib bolaning ahvolidan xabar olish;
guruh kun tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, tarbiyalanuvchilarning kun davomidagi mashg‘ulotlar davomida ishtiroki va boiщa harakatlari yuzasidan ota-onalar bilan suhbatlar olib borish;
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
yil davomida o‘tkaziladigan bayram ertaliklariga tayyorgarlik ishlarida musiqa rahbariga ko‘maklashish, tashkilot psixologi, defektologi, shtat jadvalida ko‘rsatilgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash;
tarbiyachilar tomonidan yuritilishi zarur bo‘lgan me’yoriy-metodik hujjatlarni yuritish;
guruxda qulay ruhiy muhitni yaratishga yordam berish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik kengashi va ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoat ishlarida faol ishtirok etish; tashkilot o‘yin va sport maydonchalarida bolalar hayoti xavfsizligini ta’minlash; belgilangan tartibda qat’iy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish; o‘rnatilgan tartibda malakasini oshirish;
ish kunining oxirida guruh xonasini tartibga keltirish va ertangi kunga tayyorgarlik ko‘rish;
tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, sanitariya qoidalari va gigiena normalariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.



  1. Yüklə 7,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin