Bilishi lozim:
maktabgacha ta’lim sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni amaliyotga tatbiq etishni, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni;
bolaning individual extiyojlarini hisobga olgan holda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
tarbiyalanuvchilarni ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa muqobil (variativ) dasturlar orqali bilim olishini ta’minlashda ota-onalarga metodik yordam, maslahatlar bera olishni;
maktabgacha pedagogika va psixologiya, defektologiya asoslari, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish shakl va metodlarini, jumladan, ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish, tabiat va tevarak atrofni bilishni, tasviriy faoliyat o‘rgatish metodikalarini, mehnat, musiqiy va jismoniy tarbiya orqali malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishni;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o‘yinlarini tashkil qilish qoidalarini; guruxdagi mebel jihozlarni to‘liq saqlanishini ta’minlashni.
Malaka talablari:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo‘lib yoki maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim; amaliy ish staji talab qilinmaydi.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |