Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2022
ölçüsü38,06 Kb.
#75320
1   2   3   4   5   6
Shartnoma-MTT-va-ota-ona-ortasida

Tashkilotning majburiyatlari:

  1. Tuman (shaxar) maktabgacha ta’limi bo‘limi xuzuridagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha komissiya tarafidan beriladigan yo‘llanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish;

  2. Tarbiyalanuvchining yoshi, individual, psixologik va jismoniy xuususiyatlari, iste’dodi xamda qobiliyatini inobatga olgan xolda ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat qilish;

  3. Tarbiyalanuvchining xayotini muxofaza qilish, jismoniy xamda psixologik sog‘ligini ta’minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari xamda qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan xolda, uning shaxsiga aloxida yondashishni ta’minlash, bola xuquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga rioya qilish;

  4. Pedagog axloq – odobiga rioya qilish, bola va ota – onalarning qadr – qimmatini xurmat qilish, bolalarni turli tayziqlardan ximoya qilish, ularni mexnatga, ota – onaga xurmat, atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruxida tarbiyalash;

  5. Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lish jarayonida maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablarining to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

  6. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi va maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida ota – onalarga ko‘maklashish;

  7. Ilg‘or xorijiy tajribani xisobga olgan xolda bolalarni xar taraflama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha zarur bo‘lgan shart – sharoitlarni yaratish;

  8. Tarbiyalanuvchilarga yuqori professional darajada ta’lim – tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish;

  9. Tarbiyalanuvchini tashkilotda xodimlarning qo‘pol munosabatlari, bolaning ruxiyatiga salbiy ta’sir ko‘satadigan muammolarning turli ko‘rinishlaridan ximoya qilishni ta’minlash;

  10. Pedagog va ota – onalarning bola manfaati yo‘lidagi xamkorlik usullarini ustuvor ravishda qo‘llash;

  11. Tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolanuvchi – profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sog‘liqni saqlash organlari bilan xamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida o‘tkazish;

  12. Tarbiyalanuvchida o‘qishga intilish xissini o‘rgatish, ularni xalqimizning boy madaniy – tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy – axloqiy jixatdan tarbiyalash;

  13. Ota – onalardan bola extiyoji uchun zarur bo‘lgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yig‘maslik;

  14. Ota – onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan xollarda badal to‘lovlarni xisoblamaslik;

  15. Belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida sifatli oziq – ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash;

  16. Tarbiyalanuvchiga tegishli bo‘lgan narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;

  17. Ota – onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;

  18. Ota – onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim – tarbiya dasturlari, tashkilotning manzili va telefoni xamda ta’limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish.


  1. Yüklə 38,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin