Reja: Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə1/11
tarix15.06.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#130672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-10 tarix


Buyuk allomalar tarbiya xaqida
Reja:

  1. Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari

  2. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya

  3. Mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari

“Kishilarning ongidagi, ularning ma’naviyatida yuz beradigan o’zgarishlar birdaniga sodir bo’lmaydi. Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi – qayta tiklanayotganligi, - deb yozadi I.A.Karimov, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy yettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda – hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”3. Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi yotadi.
Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir.
“Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”4.
“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.
Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.
Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi.
Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.
“Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”,6 - degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar. Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarni ko’rish mumkin.
“Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pag’onaga ko’tarilsin. Shu boisdan, har bir bolani yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko’chati o’tqazishga, uy-ro’zg’or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatilishi shart.

Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin