Reja: Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə3/11
tarix15.06.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#130672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-10 tarix

Muomala va muloqot qilish usullari
Reja:

  1. Muomala uchun zarur odoblar. Muomala odobi. Insonlarga muomala qilishda shirin so’z bo’lish ham asosiy ahamiyatga egadir.

  2. Shirin so’z vositasida inson qalbiga yo‘l topiladi.

Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi. Buning namoyon bo‘lishi har bir xalqning o‘z mentalitetiga mos va xos. O‘zaro munosabat, murojaat qilish jarayonidagi o‘zni tutish va fikr almashuvlar muomala madaniyati tushunchasida uyg‘unlashadi. Munosabat, murojaat, muloqot, munozara, mubohasa, muhokama, mulohaza singari tushunchalarning barchasi muayyan millatning tiynatiga mos bo‘lgan ziynatlar bo‘lib, u etik va estetik me’yorlar, qoidalar bilan amalga oshiriladi.


Muloqot qisman monologik, asosan, dialogik, polilogik shaklda bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro munosabatlarida reallashadi. Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonnning xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar” - degan o‘giti bejiz emas. “Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar” - deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.
Shaxs ma’naviyatining uzviy bir bo‘lagi muomala madaniyati bo‘lsa, xulq-atvor, odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi. Asrlar osha har bir xalqqa xos bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy.
Ushbu risolada sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan insonlararo munosabatlar me’yori, shaxs ma’naviyatining shaklanishida ularning o‘rni masalalariga e’tibor qaratilgan.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Yuksak bilimli, intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” ekan, demak, ilm-fanga, ona vatanga munosabat o‘z-o‘zidan ma’naviyatli, barkamol inson tarbiyasida muhim va muqim o‘rin tutishi muqarrardir. Munosabat, shubhasizki, shaxsning muomala madaniyatidan kelib chiqadi. Bu esa barkamollik belgisi bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga, ma’naviyat va ma’rifatga borib bog‘lanadi. Aqlan, ruhan va jismonan sog‘lom avlodgina yurtning porloq kelajagidir. Qushning parvozini qo‘sh qanotisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganidek, insonning iqboli va yurt istiqbolini ham ta’lim-tarbiya va ma’naviyat-ma’rifatsiz tushunish, idrok etish mushkul.
Poetika, ritorika nazariyasini ilk tadqiqotchilaridan hisoblangan Aristotel san’at va madaniyat olamining paydo bo‘lishidagi ilk asos sifatida muomalani nazarda tutgani ham bejiz emas. Qolaversa, fransuz adibi Antuan Sent-Ekzyuperining “Bu dunyodagi birdan-bir haqiqiy ne’mat odamlarning bir-biri bilan muloqotidir”,-degan fikrida teran ma’no bor.
Ta’lim talabi nutq bilan, tarbiya talabi xulq bilan bog‘liq ekan, shaxs ma’naviyati, muomala madaniyati, muomala sirlari va odobi masalasi har qachongidan ham dolzarblik kasb etaveradi. Muomala “tarozisi”ning ikki pallasi bo‘lib, biri xulq, ikkinchisi nutqdir.
O‘zbeklar mentalitetida muomala madaniyati ko‘pchilik hollarda o‘zaro salom-alik qilish, ahvol so‘rash, oiladagi ahvol bo‘yicha axborotlarga qiziqish ko‘rsatish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ammo aslida muomala madaniyati – o‘zga insonga bo‘lgan munosabat madaniyati bilan belgilanadi. Faqat salom-alik qilgandagiga emas, balki hayot tartibida, har kunlik hayot tarzida insonga ko‘rsatiladigan hurmatli va e’zozli, samimiy va to‘g‘ri munosabatni anglatadi. Ichki madaniyatga ega bo‘lgan odamgina har turli vaziyatlarda har qanday boshqa insonga nisbatan doimiy to‘g‘ri, samimiy va aniq munosabat ko‘rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko‘rsatilishini talab etadi. Qarshingizda turgan odam boymi, qambag‘almi, qishloqlikmi, yoki shaharlikmi, mansabdormi, yoki oddiy o‘qituvchimi, bundan qat’iy nazar unga to‘g‘ri munosabat ko‘rsata olish haqiqiy insonparvarlik mezoni bo‘lib kelgan. Ammo muloqot madaniyati insondan o‘z ustida muntazam ish olib borishni talab etadi. Muloqot madaniyati o‘z o‘zidan vujudga kelib qolmaydi.
Hayotda ko‘pincha odamlar orasidagi muloqotda ularning rasmiy, xushomadgo‘y, kibr-havoli munosabatlari shohidi bo‘lamiz. Ba’zan inson yuqori martabaga erishsa, u o‘zini boshqalardan ustunligini ko‘rsatish uchun, ko‘pchilik bilan salom-alik ham qilmay qo‘yadi. Asl madaniyatda esa aksincha, insonning qanchalik martabasi ko‘tarilsa, shunchalik oddiy insonlarga o‘zining yaqinligini ko‘rsatish zarur hisoblanadi. Shu bilan birga muloyimlik, xalimlik, ochiqlik, samimiylik, to‘g‘rilik va boshqa bir necha tamoyillar ulug‘lanadi va targ‘ib qilinadi. Yoki, yigit taraf qudalar qiz tarafdagilarga sal yuqoridan turib, buyruq berib gapirishadi. Boyvuchcharoq qarindoshlar o‘zining moddiy tarafdan muhtoj qarindoshlariga nisbatan kerilib, boshqa tarafdan ularning moddiy tarafidan uyalibroq munosabat ko‘rsatishadi. Bunday vaziyatlarning barchasi – noto‘g‘ri holatlar hisoblanadi.
Demak, real hayotda, odam yoshligidanoq muloqot madaniyatiga oid ma’lum insoniy qadriyatlarning buzilayotganligi bilan to‘qnash keladi. Oqibatda, bola hayotida ikki xil standartlar holati vujudga keladi. Bir tomondan, bola muloyim bo‘lishi lozim. Ikkinchi tarafdan esa, atrofidagi ko‘pchilik odamlar, xatto-ki eng yaqin va xurmatli kishilar ham bu tartib-qoidalarga rioya qilmaydi.
Masalan, “so‘kinish” – erkaklar rioya qilmaydigan noto‘g‘ri holat, “qarg‘ash” - ayollar rioya qilmaydigan noto‘g‘ri holat. O‘g‘il bolalar “so‘kinish”ni odatda o‘z otalaridan meros qilib oladilar. Ko‘pchilik “so‘kinish” yomonligi biladi, ammo ishlataveradi. Uning yomon odatligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Uni ishlatganda betarbiya odamlar ichki g‘urur xis qiladi, aslida birovlarni kamsitish, ularni mensimaslik, birovlarga aziyat ulashayotganligini bilmaydi. Ayollar esa ba’zan o‘z farzandlarini “qarg‘ab” turib ularga ish buyuradi, yoki ularni jazolaydi. Aslida ayol kishiga mayinlik, mehribonlik xos bo‘lishi lozimligini ular unutib qo‘yishadi.

Oila va salomatlik.

Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin