Namuna
Nazorat turi
|
Guruhlar soni
|
Oʻquv yilida rejalashtir ish soni
|
Oʻrganish muddati
|
Ishchi guruh raisi
|
Frontal
|
1-8 guruh
|
2
|
|
|
9-14 va undan yuqori
|
3-5
|
Mavzuli
|
1-8 guruh
|
1
|
|
|
9-14 va undan yuqori
|
2
|
Qiyosiy
|
1-8 guruh
|
1
|
|
|
9-14vaundan yuqori
|
1
|
Frontal nazorat — tarbiyachining ish faoliyati, guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy yondashgan holda tashkil etilishi, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning rivojlanishi va maktab taʼlimiga tayyorgarlik darajasi (kuzatish asosida), guruhning sanitar-gigiyenik hamda moddiy-texnik bazasi, ota-onalar hamda Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning holati oʻrganiladi.
Frontal nazorat yakunlari barchaguruhlarda oʻtkazilib,pedagogik kengashlarmuhokamasiga qoʻyilishi maqsadga muvofiq.Frontal nazorat yakunlari barcha yosh guruhlarida 5 (besh) yilda bir marotaba reja asosida oʻtkaziladi. Reja quyidagi namuna asosida tuziladi.
namuna
Guruhlar / oʻquv yili
|
2023-2024
|
2024-2025
|
2025-2026
|
2026-2027
|
2027-2028
|
1-guruh
|
+
|
|
|
|
|
2- guruh
|
+
|
|
|
|
|
3- guruh
|
|
+
|
|
|
|
4- guruh
|
|
+
|
|
|
|
5- guruh
|
|
|
+
|
|
|
6- guruh
|
|
|
+
|
|
|
7- guruh
|
|
|
|
+
|
|
8- guruh
|
|
|
|
+
|
|
9- guruh
|
|
|
|
|
+
|
10- guruh
|
|
|
|
|
+
|
Mavzuli nazorat — tarbiyachining rejada belgilangan mavzu asosida taʼlim- tarbiya jarayoniga yondoshuvini oʻrganishni nazarda tutadi. Ishchi guruh maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish sifatini bajarilishi nazorat qiladi. Nazorat jarayonida mavzuga aloqador mutaxassis pedagoglarning ham taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning olib borilishi oʻrganiladi.
Qiyosiy nazorat — ikki va undan ortiq parallel guruhlardagi pedagogik faoliyatlar taqqoslama oʻrganiladi. Metodist, maʼlum bir yoʻnalish mazmunidagi taʼlim jarayonini har ikki guruh tarbiyachisi ish faoliyati davomida nazorat qiladi, qoʻllanilayotgan metodik usullarini, taʼlim jarayonlarida bolalar mustaqil faoliyatlarining tashkil etilishini, bolalarning sohalar boʻyicha kompetensiyalarini egallash uchun yaratilgan sharoitlarni taqqoslaydi, ish reja asosida guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonlari, bolalar faoliyati va boshqa metodik hujjatlarni tahlil qilish shaklida oʻtkaziladi.
Namuna
Yillik ish rejada pedagogik jarayonni nazorat qilish jadvali
T/r
|
Ish mazmuni
|
Oʻrganish muddati
|
Nazorat qilina digan
guruh
|
Ijrosi haqida maʼlumot
|
1
|
Frontal nazorat
(mavzu olinmaydi, yalpi oʻrganiladi)
|
|
|
|
2
|
Mavzuli nazorat
(mavzu rejalashtiriladi va mavzu asosida oʻrganiladi) Masalan: “Guruhlarda rivojlanish markazlarni shakllantirilganligi va ulardan toʻlaqonli foydalanish xolati”
|
|
|
|
3
|
Qiyosiy nazorat
(Taʼlim jarayoni turlarini nazorat qilish rejalashtiriladi va taqqoslama oʻrganiladi)
Masalan: “Guruhlarda maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy tarbiya berish
boʻyicha olib borilayotgan ishlar” va boshqa
mavzular
|
|
|
|
Oʻquv amaliy seminarlar
Bir yilda ikki marta oktyabr va yanvar oylarida rejalashtirib ikki bosqichda nazariy va amaliy seminarlar oʻtkaziladi.
Seminar mavzulari oʻquv yilning asosiy vazifalari hamda tashkilotning taʼlim-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan mavzular asosida oʻtkaziladi.
Oʻtkazilgan seminar yigʻilishiga tegishli hujjatlar bayonnomalari va ish materiallar yigʻma jildda jamlanadi.
Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari
Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u direktor, metodist, psixolog, musiqa raxbari, defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ilgʻor pedagoglar (tarbiyachilar) tomonidan tashkil etiladi.
Maslahat soatlari oyda ikki marta har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb va tashkilot pedagoglariga muammo boʻlayotgan mavzular asosida rejalashtiriladi. Maslaxat soatlari jamoa uchun va alohida pedagoglar uchun boʻlishi nazarda tutiladi.
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish har bir guruhda yilda 1-marta rejalashtiriladi. Bunda, markazlarda ishlash, umumiy guruh boʻlib ishlash jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 1 yil boʻlmagan yosh mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish rejalashtirilmaydi. Jamoa boʻlib kuzatish faqat gurux tarbiyachilari uchungina boʻlmay, tashkilotda faoliyat yuritayotgan defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, psixolog, til oʻqituvchisi hamda musiqa rahbarining ham faoliyatlarini kuzatishni rejalashtirish lozim.
Bayram tadbirlari, koʻngil ochish soatlarni rejalashtirish
Mazkur bandga kalendar boʻyicha bayram ertaliklari, turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda (bola hayoti xavfsizligi asoslariga oid tadbirlari, YPX, tabiiy ofatlardan saqlanish va haqozo), koʻngil ochish soatlari, sport bayramlari va musobaqalarini oʻtkazish rejalari kiritiladi.
Pedagogik- kouching hamkorligi rejasi asosida ishlash
Kouching taʼlimning maʼnosini tushunishga yordam beradigan, pedagogni yangi bosqichga koʻtaradigan, motivatsiyasini va hujjatlar uchun javobgarlikni oshiradigan zamonaviy pedagoglar hamkorligini taʼminlaydi. Ushbu hamkorlik maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglar uchun boʻlib, uning ish faoliyatida tashkilot taʼlim-tarbiya jarayonlaridagi boʻshliqlarni toʻldirish, tajribasiz, yosh va oʻz ustida ishlashga qiynalayotgan pedagoglarga metodik yordam berish, motivatsiya orqali ularni jamoada oʻz oʻrnini topishga yordam berish maqsadi koʻzlanadi.
Dostları ilə paylaş: |