1.TarbiyalanuvchilarniMTTgaqabulqilish,guruhdan-guruhgaoʻtkazish va tashkilot roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi (elektron) buyruqlaryigʻma jildi.
namuna
Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish,guruhdan-guruhgaoʻtkazishvaroʻyxatdanchiqarishdaftari
T/r
F.I.Sh
Tugʻilgansana
Guruhnomi
Qaysi guruhgaoʻtkazildi
Oʻtkazilgansanasi
Roʻyxatdan chiqarilgansana
1.
02-01. MTT direktori tomonidan tarbiyalanuvchilarning guruhdan guruhga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, mazkur buyruqqa asosan bolalar guruhlarning davomat daftariga qayd etiladi. Daftar raqamlangan, tikilgan va MTT direktori tomonidan tasdiqlangan boʻladi. Umumiy tipdagi davlat MTTda bolalarni qabul qilish, tashkilotdan chiqarish ishlari “Bolalar bogʻchasi” elektron tizimi orqali, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinda – KTIDMTT) va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinda — QTDMTT)ga qabul qilish esa Tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyasining (keyingi oʻrinda — TPPK) xulosasi asosida amalga oshiriladi.
MTT direktori tomonidan YAIDXP orqali berilgan yoʻllanma yoki oʻrnatilgan tartibda berilgan TPPK xulosasi asosida kelgan bolalarni MTT qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarishga oid buyruqlar elektron nusxalari saqlanadi.
Oʻquv yili davomida MTT guruhlarida bola oʻrinlari boʻshagan taqdirda, elektron navbatda turgan keyingi bolaga yoʻllanma chiqarilib, MTT direktori buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
Tarbiyalanuvchilarni MTTdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqqa uning ota- onasi tomonidan berilgan ariza (arizada turli sabablar koʻrsatiladi) asos hisoblanadi. Bu toʻgʻrisida MTT direktori tomonidan “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga har kunlik maʼlumotlar kiritilib, yangilab boriladi.