Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar folklori. Reja


Maktabgacha ta’limda bolalar folklorining tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 35,4 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü35,4 Kb.
#176279
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar folklori. Reja

4.Maktabgacha ta’limda bolalar folklorining tarbiyaviy ahamiyati.
Qonun ham mamlakatimiz ma‘naviy hayoti uchun g’oyat zarur bo’lgan shunday malakali, intellektual salohiyati yuqori, ma‘naviy olami teran mutaxassislarni tayyorlash lozimligini taqozo etadi. Folklor va etnografiya yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning milliy negizi - xalqimizning ma‘naviy qadriyatlarini yanada takomillashtirish, ommaning ijodiy iqtidorini o’stirish, yosh avlod ongiga mustaqillik mafkurasi g’oyalarini, milliy qadriyatlarni singdirishdan iborat. Chunki bunday mutaxassislar ajdodlarimiz ijodiy salohiyatining eng yaxshi an‘analarini kelgusida ham davom ettirishni ta‘minlashga o’z hissalarini qo’shmog’i kerak.
Xalqimizning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-estetik va felsafiy qarashlarini o'ziga xos tarzda badiiy talqin qiluvchi xalq og’zaki ijodi folklorshunoslikning nodir manbalaridan hisoblanadi. Folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni bunyod etgan ulug’ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va marosimlari, an‘analari-yu o’zbekona samimiyatini mukammal aks ettirganligi uchun ham qadrlidir.
An‘anaviy xalq ijodiyotining o'ziga xos xususiyatlarini chuqur biladigan, mustaqillik davri o’zbek folklorining taraqqiyot qonuniyatlarini teran anglaydigan xalqning ma‘naviy ehtiyojlari va qiziqish doirasini yaxshi tushunadigan, havaskorlik ijodiyotini tashkil qilish, boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlarini to’la o’zlashtirgan malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli ham mazkur sohaning ilmiy salohiyatini takomillashtirishda Maktabgacha ta‘limda bolalar folklori fanini o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'naviyat kecha yoki bugun paydo bo’lib qolgan tushuncha emas, u asrlardan buyon xalqimiz bilan birga yashab, birga taraqqiy etib kelayotgan buyuk bir qadriyatdir. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so’nggi lahzasigacha o’zi mansub xalqning qadriyatlari, an‘analari ichida ulg’ayadi, kamol topadi. Hatto o’zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta'rifidan mutlaqo yiroq bo’lgan kishi shu an‘analar ichida ulg’aygan, uning ongi, shurri shu qadim an‘analari ta‘sirida shakllangan bo’ladi.
Har bir sohaning o’z tarixi bo’lgani kabi, folklorshunoslik borasidagi izlanishlarning ham o’z ildizlari mavjud. Bu izlanishlar ildizi olis o’tmishga borib taqaladi. Mahmud Koshg’ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og’zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo’lsa, bularning bari o'zbek xalq og’zaki ijodini o’rganishga o’zining munosib ulushini qushgan. Zero, til millat tafakkurini shakllantiruvchi bir mezondir. Til va tafakkur birbiriga bog’liq jarayon.
Millatning til ravnaqi, shubhasiz, uning badiiy asarlarida namoyon bo'ladi. Xalq og’zaki ijodi ana shunday tafakkumi shakllantiruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Xalq og`zaki badiiy ijodiyoti xilma-xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo`lgan hodisa sifatida kishilik jamiyati tarixida ko`p vazifali ijtimoiy-estetik mohiyatga ega so`z san`ati hisoblanadi. U hamma zamonlarda ham o`z ijodkori bo`lgan xalqning orzu-armonlarini ifodalab keldi, qolaversa, xalqning o`zo`zinigina emas, balki bolalarning ham ma`naviy-axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda. Bolalar xalq ijodiyotidan otabobolarining hayot tajribasini, mehnat va kurash ilmini o`rganib kelayotirlar. Ular xalq qo`shiqlaridan, dostonu ertaklaridan, afsonayu rivoyatlaridan sevish-sevilish, samimiyat, insoniylik, sabru qanoat, mehnatda fidoiylik, eng muhimi, otalari yashab obod etgan Vatan tuyg`ularini idrok etish asnosida yurt erki va ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlari To`maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy va Amir Temurlarning jasoratlaridan saboq olmoqdalar, yashash va yaratish romantikasidan surur tuymoqdalar. Binobarin, xalq ijodiyoti qadim zamonlardan hozirgacha bolalar uchun ham ezgulikni qadrlash va yovuzlikdan nafratlanish sabog`i bo`lib, avloddan avlodga o`tgani sayin muttasil to`lishib, mukammalashib, og`izdan-og`izga ko`chgani sayin tobora sayqallanib, xalq milliy ruhini teranroq aks ettirgan holda asrlar davomida avlodlar ma`naviy-axloqiy vorisligini ta`minlab keldi, jamoa ijodi namunasi sifatida xalq zakovatini, iste`dodini va til boyligini namoyish etdi, xalq uchun o`zligini anglash, o`z tarixini sevish vositasiga aylanib qoldi, eng muhimi, yozma adabiyotning bunyodga kelishida genetik asos vazifasini bajardi.
Bu silsilada bolalarning o`z folklori ham muayyan ro’l o`ynadi. Binobarin, bolalar folklori - kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o`zaro uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlar va musiqiy poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og`zaki ijodiyotining o`ziga xos tarmog`idir. Shunga qaramay, o`zbek bolalar folklori namunalarini to`plash, nashr etish va ilmiyestetik qimmatini o`rganishga uzoq zamonlar e`tibor berilmay kelindi.
XX asrning dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan esa-da, u uzluksiz jarayonga aylanmadi. Elbek to`plab, tartib berib 1937-yilda chop ettirgan «Bolalar qo`shig`i» to`plamidan O. Safarov tartib bergan «O`zbek xalq ijodi» seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan «Boychechak» to`plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish ana shu fikr dalili bo`la oladi. O`zbek bolalar folklorini o`rganish 60yillardan e`tiboran izchilladi. Z.Husainovaning «O`zbek topishmoqlari» (1966), G`.Jahongirovning «O`zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning «Bolalarni erkalovchi o`zbek xalq qo`shiqlari» (1983), «O`zbek bolalar poetik folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O`zbek bolalar o`yin folklori» (1998) singari tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko`zga tashlanadigan bo`ldi. Shuni ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo`shiqlariga munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo`lganini e`tirof etish bilan bolalarning bu sohadagi qo`shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari ham mavjud. To`g`ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o`tkazilish tartiblarini ham, rasm rusumlari va qo`shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost. Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz o`tmagan; hech bo`lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko`rgach, o`sha marosimni keyinroq o`yinda muqallid qilib o`zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo`shiqlarni to`qiganlari ham ayni haqiqat.

Yüklə 35,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin