Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа tа’lim metоdikаsi kаfedrаsi



Yüklə 181,86 Kb.
səhifə11/15
tarix29.05.2022
ölçüsü181,86 Kb.
#59931
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Saydullayeva Nigora

Ta’lim metodlari. Kompyuterli ta’limda ham pedagogikaning namoyish
etish va amaliy usullaridan foydalangan holda, MTM bolalariga yangi
materiallarni o’rgatish jarayonida bevosita dialog metodidan foydalaniladi.
Yangi materialni o’rgatishga qaratilgan kompyuter ishtirokidagi bevosita
dialog metodi - maxsus dasturlar asosida tayyorlanib, kompyuter xotirasiga
kiritilgan materiallar va didaktik vositalar orqali amalga oshirilgan mashgulotlarga
tatbiq etiladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga
tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va
boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan
foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini o’ynaydi.
Bolalar tomonidan material mustaqil o’rganilgan (yoki mustaqil
takrorlangan)da, mashqlar mustaqil bajarilganda, kompyuter o’yinlari amalga
oshirilganda kompyuter ishtirokidagi bilvosita dialog (virtual axborot muhitida
kompyuter bilan dialog) metodidan foydalaniladi.
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining
algortmi:
1. Bola dasturda ko’rsatilgan tugmachalardan topshiriqqa mosini tanlaydi.
2. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni bajarish
yoki o’yinni bajarishni buyuradi.
3. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
4. Kompyuter topshiriq bajarilishining to’g’ri yoki noto’g’riligini bildiradi.
5. Noto’g’ri bo’lsa, takroriy bajartiradi.
6. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo’ygan vazifalarni,
o’yinlarni takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter -
"bag’ri keng" va "tog’atli, sabrlidir". Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o’zi
tuzatgunga qadar hyech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda
mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida
bo’ladi.

Yüklə 181,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin