Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа tа’lim metоdikаsi kаfedrаsi



Yüklə 181,86 Kb.
səhifə14/15
tarix29.05.2022
ölçüsü181,86 Kb.
#59931
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Saydullayeva Nigora

X U L O S A


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilanganidek: «Inson, uning har
tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga
chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur
va ijtimoiy xulq-atvorlarni andozalarini o’zgartirish respublikada amalga
oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruchi kuchidir» deyiladi.Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib
chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy
vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o’stirish, ularning bilim olish
istiqbolini rivojlantirishdan iborat.Shunga ko’ra, tarbiyachi mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan,elektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi.Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy bilim berish bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi.MTMlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb
muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.Ushbu bitiruv ishida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini aqliy va axloqi jihatdan tarbiyalashda multimedia va axborot texnologiyalarilardan
foydanishning nazariy jihatlariga to’xtalib o’tgan.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, kompyuter texnologiyalaridan maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida foydalanishning asosiy yo’nalishlari sifatida
quyidagilarni sanab o’tish mumkin.MTMda tarbiyaviy jarayonning kompyuterli qo’llab-qo’vvatlanishi uchun dasturiy metodik vositalar yaratish; maktabgacha ta’lim jarayonini kompyuterlashtirishning psixologik va ijtimoiy oqibatlarini tadqiq qilish va baholash metodikalarini o’rganish; kompyuter texnologiyalaidan foydalanuvchi maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlovchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun metodik kurslarni ishlab chiqish lozimdir. Kuzatishlar shuni ko’satadiki, 80-90 % bolalar kompyuter o’yinlarini o’ynashga qiziqishar ekan.


Yüklə 181,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin