Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа tа’lim metоdikаsi kаfedrаsi



Yüklə 181,86 Kb.
səhifə1/15
tarix29.05.2022
ölçüsü181,86 Kb.
#59931
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Saydullayeva Nigora


О’ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI ОLIY vа о’rtа mаxsus TА’LIMI VАZIRLIGI
SHАRОF RАSHIDОV NОMIDАGI SАMАRQАND DАVLАT UNIVERSITETI
MАKTАBGАCHА TА’LIM VА BОSHLАNG’ICH TА’LIM FАKULTETI
MАKTАBGАCHА TА’LIM METОDIKАSI KАFEDRАSI

MTMDA KOMPYUTERLI O‘QITISH USULLARI. mаvzusidа bаjаrilgаn



KURS ISHI
Bаjаruvchi: Saydullayeva Nigora (MTT 304)
Ilmiy rаhbаr: dоts. Sh.Fаyzullаyev

Sаmаrqаnd - 2022

MUNDARIJA


KIRISH 2
I BOB.O`QITISH MЕTODLARI VA INNOVATSION USULLARI. 3
1.1.O`qitish mеtodlari va innovatsion usullari 4
1.2.Tеxnika vositalari yordamida dars o`tish 11
1.4. Ta’lim sohasida multimedia texnologiyasidan foydalanishnnng imkoniyatlari 20
II BOB. MTMDA KOMPYUTERLI O‘QITISH USULLARI. 26
2.1. Kompyuterli va an’anaviy ta’limiy o’yinlar nazariyasi va metodikasi 26
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash mezoni 29
2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi 35
X U L O S A 42
ADABIYoTLAR 43





KIRISH



Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini ruyobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan.
Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni
yaratadi.Mamlakatimizda Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin ta’lim-tarbiya ishlariga jiddiy e’tibor berildi. Jumladan, ta’lim qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturning hamda tegishli me’yoriy hujjatlarning qabul qilishni sohada tub islohatlarning amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”
g’oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. Ana shu buyuk maqsad
mamlakatimizning barcha qatlamlarini va halqimizni birlashtiradi.
Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, sungra maktabgacha ta’lim
muassasasida amalga oshiriladi. Bu borada Prezident I.Karimovning "Yuksak
ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida "Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborotning 70
foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk
kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi", - deb ta’kidlanadi. Ushbu fikrlar
maktabgacha ta’lim muassasalar (MTM)ga ham taalluqlidir. O’zbekiston
Respublikasi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunining 10-moddasida ta’lim turlari sanab
o’tilib, uning birinchi turi - "Maktabgacha ta’lim" ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk,
maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu
ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qatiy
nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga uzluksiz ta’limga alohida e’tibor
qaratilgan bo’lib 3.3 bandida uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi maktabgacha
ta’lim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi
shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir
qiladi.«Maktabgacha ta’lim» atamasi 1997 yilda YuNESKO qarori bilan kiritilgan
bo’lib, uzluksiz ta’lim tiziminining birinchi bosqichini tashkil etadi. O’zbekiston
Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanishicha, «Uzuksiz
ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, davlat va jamiyatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarni, qondiruvchi ustivor
sohadir».

I BOB.O`QITISH MЕTODLARI VA INNOVATSION USULLARI.




Yüklə 181,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin