Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq kamchiliklarini bartaraf etish metodikasi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#133163
  1   2   3
Annatasiya


О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI
ОLIY TА’LIM, FАN VА INNОVАSIYАLАR VАZIRLIGI
BUXОRО DАVLАT PEDАGОGIKА INSTITUTI
MАKTАBGАCHА VА BОSHLАNGʻICH TА’LIM FАKULTETI


Qo‘l yozma huquqida
UDK:372:37.02:371-9


XOLOVA DILOVAR FAXRIDDINOVNA

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH METODIKASI ”


700110201 – Tа’lim vа tаrbiyа nаzаriyаsi vа metоdikаsi (mаktаbgаchа tа’lim) mutаxаssisligi bо‘yichа


mаgistr аkаdemik dаrаjаsini оlish uchun yоzilgаn


DISSERTАSIYА
Ilmiy rahbar: p.f.d., (DSc ), dotsent G.T.Boymurodova


Buxoro-2023

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH METODIKASI ”


Mаvzusidаgi mаgistrlik dissertаtsiyаsi
АNNОTАTSIYА
Tayanch so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, yagona pedagogik yondashuv, ilg‘or nuqtai nazar, agrammatism, talaffuz, pedagogik mahorat, profeesional ta’lim-tarbiya, nutqiy nuqsonlar, tayyorlov, ilgʻor tajriba, interfaol, pedagogik mahorat, profeesional ta’lim-tarbiya, nazariy metodika, innovatsion yangi metodlar
Tadqiqotning obyekti : Bolalar nutqiy nuqsonlarini bartaraf etish jarayoni
Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarni bartarf etish metodikasini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish va amaliyotga tadbiq qilish
Tadqiqot metodlari: tahlil, o‘rganish, suhbat, anketa, savol-javob, dialog, pedagogik eksperiment, matematik statistika.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Ushbu magistrlik dissertatsiyamning ilmiy yangiligi shundaki, bolalar nutqiy nuqsonlarini bartaraf etishda artikulyatsion motorikani rivojlantirishga oid o‘yinlar bilan dars mashg‘ulotlari samardorligi ortdi, bolalarning logopedik dars mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaydi, interfaol usullardan foydalanish texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu o‘yin metodlaridan maktabgacha ta’lim tashkilotlari logopedlari , tarbiyachilari hamda to‘garak rahbarlari foydalanishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini kamchiliklarini bartaraf etish .
1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini logopedik o‘yinlar orqali rivojlantirishning nazariy-amaliy asoslari aniqlandi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logopedik nafas mashqlari va korreksion ishlar orqali bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ochib berildi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logoped mashg‘ulotlari davomida turli xil yangi koreksion o‘yinlar vositasida bolalar nutqini rivojlantirish jarayonining mazmuni, usullari, metodlari tanlandi.
4. Ta’lim jarayonida o‘rganilgan tadqiqotlar evaziga bolalar nutqini qiziqarli koreksion o‘yinlar vositasida rivojlantirishning samarali usullari va metodlari qo‘llash orqali kam vaqt va mablag‘ evaziga samarali natijalarga erishish ko‘rsatkichi yuqori ekanligi aniqlanganligi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Ushbu magistrlik dissertatsiyamning amaliy ahamiyati shundaki, bolalar nutqiy nuqsonlarini bartaraf etishda artikulyatsion motorikani rivojlantirishga oid o‘yinlar barobarida dars mashg‘ulotlari samardorligi ortdi, bolalarning logopedik dars mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaydi, interfaol usullardan foydalanish texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu o‘yin metodlaridan maktabgacha ta’lim tashkilotlari logopedlari , tarbiyachilari hamda to‘garak rahbarlari foydalanishi mumkin.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin