Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘G‘risida


Kundalik hayotda, jamiyatda, tabiatda xavfsiz yurish-turish asoslarining shakllanishi



Yüklə 307,86 Kb.
səhifə15/62
tarix23.05.2022
ölçüsü307,86 Kb.
#59125
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
802-QAROR

Kundalik hayotda, jamiyatda, tabiatda xavfsiz yurish-turish asoslarining shakllanishi.
Tug‘ilgandan 3 yoshgacha
Bola hali juda kam tajribaga ega bo‘lganligi sababli:
bolani qarovsiz qoldirmaslik va jarohatlanishning oldini olish;
o‘yin va mustaqil harakat mobaynida doimiy ravishda bolaning kayfiyatini kuzatish;
sokin va do‘stona ohangda gapirish;
bolaga o‘yinchoq tanlashda ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish lozim.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: “Men” konsepsiyasi

Talab: Bola o‘zini o‘z xususiyatlariga ega, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi. Bola mustaqil va o‘ziga javob beradi

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘z ismiga munosabat bildiradi, ishora va tovushlar bilan javob beradi;
ayrim tana a’zolarini ko‘rsatadi (boshi, qo‘li, oyog‘i, burni);
ko‘zguda o‘z aksiga kuladi;
kattalar e’tiborini turlicha o‘ziga tortadi;
istagan natijaga erishganda xursandchilikni ifodalaydi yoki norozilik bildiradi, injiqlanadi.

ko‘zguda, rasmda o‘zini taniydi, o‘z ismini biladi;
kattalar talabi bilan uning istagi to‘g‘ri kelmaganda e’tiroz bildiradi;
kattalar tomonidan o‘zining harakatlariga bildirilgan rag‘bat va tanbehni farqlaydi.

o‘zi va buyumlari haqida so‘zlaydi (bu meniki);
hamma ishni o‘zi bajarishga intiladi;
o‘zing bajargan ishga sevinadi;
o‘z narsalarini taniydi;
o‘zini aniq bir jinsga mansubligini biladi;
biror-bir ishni mustaqil bajaradi.


Yüklə 307,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin