Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalash Docsity


II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI



Yüklə 162,02 Kb.
səhifə3/3
tarix03.12.2023
ölçüsü162,02 Kb.
#172318
1   2   3
Kurs ishi

II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI
UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI.
2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar
asosida tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.

Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi


uchun shart-sharoit yaratish. Qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim
omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa
qo‘shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy
sharoitlar, o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilmoq
kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o‘lchash mumkin bo‘lmaganidek,
har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy sharoitlarni
hisobga olib yondashmoq kerak.
Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini
to‘g‘ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog‘liq. Jamiyat a’zolarida yetuk
ijtimoiy, milliy ong bo‘lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi qadriyatlarning
rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini
oshiruvchi omildir.
Qadriyat va meros tushunchalari o‘zaro yaqin bo‘lsa ham ular bir xil ma’noni
bildirmaydi.
Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishiga qaramay, har qanday
meros qadriyat bo‘la olmaydi. Meros tushunchasining mohiyati qadriyatga
nisbatan kengdir. Bundan tashqari, qadriyat faqat o‘tmishdan qolgan merosgina
emas. Hozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shaklla-nayotgan
ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hodisalar ham qadriyat hisoblanadi.
Hozir O‘zbekistonda milliy istiqlol mafkurasini rivojlantirish uchun katta
ishlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning hozirgi vazifalari va millat manfaatlariga
mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkurani yaratishda o‘tmish
merosidan unumli foydalanilsa ham u yangi davrda shakllangan qadriyat sifatida
yuzaga kemoqda.
Meros - o‘tgan avlodlar tomonidan yaratilgan, bizgacha yetib kelgan ijtimoiy-
ma’naviy, moddiy hodisalar, madaniy boyliklar, urf-odatlar, marosimlar, axloq

normalaridir. Meros taraqqiyot uchun ham zarur omil bo‘lgandagina, qadriyat


darajasiga ko‘tarila oladi.
Meros bilan qadriyatlarni baholash mezonlari bir-biridan farq qiladi. Moddiy
va ma’naviy merosni baholashda uning tarixiy shakllanishi sharoitlari va
imkoniyatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Merosning hozirgi kun uchun
ham bo‘lgan ahamiyatini bilish uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir.
Qadriyat turlari.
Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘linadi.
Inson kuchi, aqli-zakovati bilan yaratilgan tabiat go‘zalliklari, arxitektura, san’at
va madaniyat asarlari - barchasi moddiy, ya’ni noosfera qadriyatlar jumlasiga
kiradi. Axloq odob, bilim, ilm, malaka, iymon, insof, e’tiqod va boshqalar
ma’naviy qadriyatlar. Moddiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan bog‘liqdir.
Ular o‘z navbatida, quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
Qadriyatlarning bu turiga iqlim sharoiti, tabiat go‘zalliklari, milliy-davlat
ahamiyatiga molik bo‘lgan qo‘riqxonalar, tabiatning inson yashashi, mehnat qilishi
uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlari kiradi. Tabiiy muhit sharoiti va
imkoniyatlari ham inson ehtiyojlari, yashash imkoniyatlari bilan taqozolangan
taqdirdagina qadriyat, deb baholanadi. Shu ma’noda olib qaraganda, tabiat
sharoitlarini qadriyat deb qarash unga ma’lum maqsad va manfaat asosida
yondashayotgan inson tomonidan berilgan bahodir. Tabiatning inson manfaati
asosida o‘zlashtirilgan, o‘zgartirilgan qismi ham qadriyatdir.
2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axloqiy
qadriyatlar.
Bu qadriyatlar asosan obyektiv taraqkiyot va subyektiv ruhiyatning ifodasi
bo‘lib kishilarning o‘zaro munosabatlarida, turmush tarzi va faoliyatida, yurish-
turishida, axloqi va odobida ko‘zga tashlanadi. Axloq, insonning ichki ruhiy
e’tiqodi, odob esa uning amalda namoyon bo‘lishidir. Turli urf-odatlar, marosimlar
kishilarning kundalik turmush tarzida, axloqiy qadriyatlar esa ularning yurish-

turishi, o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy kamolotni o‘zida


mujassamlashtirgan inson ham oliy qadriyat hisoblanadi.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat
malakalari va ko‘nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida
namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.
Bu qadriyatlar insonning mehnat malakalari, ijtimoiy qiziqishlari, mehnat
mahsuloti turlarini yaratish sohasidagi amaliy imkoniyatlari, bilimi, iste’dodi va
qobiliyatlaridir. Rassom qo‘linda qalam ushlagani uchun emas, balki tajribada
shaklangan bilim va iste’dod egasi bo‘lgani uchun ham buyuk san’at asarlarini
yarata oladi.
4. Odamlar o‘rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka
asoslangan munosabatlarda namoyon bo‘layotgan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
qadriyatlar.
Albatta, qadriyatlarning bu turkumini alohida ajratib olib qaramasa ham
bo‘ladi. Lekin inson hayotining turli davrlari, faoliyat sohalariga nazar tashlar
ekanmiz, bu sohalarda ham e’tiborga sazovor bo‘lgan qadriyatlar va ularning
mezonlari borligini ko‘ramiz.
Yoshlar va keksalar, erkaklar va ayollar, turli kasb egalari uchun xos bo‘lgan
qadriyatlar ham mohiyati jihatidan jamiyat va inson kamoloti uchun xizmat
qiladigan ma’naviyatdir.
Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‘z navbatida, umuminsoniy, mintaqaviy,
milliy, diniy qadriyatlarga bo‘linadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha
bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog‘langanligining ifodasidir.
Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas.
Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni,
baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar,
umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy,

ma’naviy kamolotning muayyan yo‘llari uchun birgalashib kurashishga, harakat


qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar,
xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi,
hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Ma’naviyat
borasida ham umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlarning madaniyatini
yaqinlashtiradi va ularni tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir
alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va
mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar
butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular ayni
vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham
xizmat qiladi.
Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma
yerda barqaror bo‘lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l
kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini
himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma
yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat kalish, atrof-muhitni toza
saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan
jihatlaridir.
Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan fan, texnika,
madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi
jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlash-tirish borasidagi
yutuqlardan ham iborat bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni
jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu
borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlik va kalondimog‘likka yo‘l qo‘yish
nihoyatda katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar
mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy an’analar bilan bog‘langandagina kerakli
samara beradi.

Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas


bog‘langan.
Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va
mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Bu
qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rta Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va
siyosiy aloqalar o‘rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini,
urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar
shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq
qilsada, mohiyat jihatidan yaqindir. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-
qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug‘lar,
do‘stlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O‘rta
Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand
mehmondo‘stlik bilan bog‘liq udumlar mintaqamizning hamma yerida keng
tarqalgan yaxshi an’ana bo‘lsa ham ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi.
Keksalarni, ota-onani hurmat qilish ham O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos
yuksak ma’naviy boyligidir.
Keksalar ko‘pni ko‘rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan,
yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat
qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o‘rganish ma’naviy kamolot uchun
yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning
gapiga, pand nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech
vaqt o‘z farzandiga yomonlik ravo ko‘rmaydi. Ular hayotda ko‘p og‘irlik,
yengilliklarni ko‘rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko‘ra
ko‘proq o‘ylaydilar, Ba’zan ota-onalarning nasihatlari noqobil farzandlarga
og‘irroq tuyuladi. Bu hayotni bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-yelpi
qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o‘zlari ota-ona bo‘lganidan
keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko‘p

imkoniyatlarini qo‘ldan boy berib qo‘yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy


qadriyat bo‘lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo‘lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin
bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa hamma joylardagiga
nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo‘li bilan uy-joy qurishda, uy joylarni
ta’mirlashda bir-biriga yordam ko‘rsatish, yetim-yesirlarning, beva-bechoralarning
peshonasini silash, ularni qarindosh-urug‘lar o‘z himoyasiga olib, xoru zor bo‘lib
qolishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos
qadriyatdir.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy qadriyat-
lardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o‘rtasidagi bir-
biriga yaqinlik, o‘zaro hurmatning ifodasi bo‘lib, keng foydalanish mumkin
bo‘lgan qadriyatdir.
Qadriyatlarning eng muhim turlaridan yana biri - milliy qadriyatlardir.
Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birlikda
mavjud bo‘ladi. Umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar milliy qadriyatlarning
ko‘p tomonlarini o‘z ichiga oladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy
qadriyatlar ta’sirida keng rivojlanish, takomillashish imkoniga ega bo‘ladi. Ular
o‘rtasidagi muntazam davom etib boradigan dialektik munosabat jahon
sivilizatsiyasi rivojlanishining muhim omillaridan biridir.
Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi har bir millat-ning o‘ziga
xos tarixi, tili, madaniyati, axloqiy va psixologik fazilatlari, yashash sharoiti,
turmush tarzi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘langandir. Milliy qadriyatlarning
har bir ko‘rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur
o‘rganish orqaligina to‘g‘ri tushunib olish mumkin.
Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi.
Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borishi ham milliy
qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki
kengaytiradi. Umuman olib qaraganimizda, milliy qadriyatlar har bir millatning

mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilab beruvchi


asosiy mezonlardan biridir.
Har bir millat o‘z qadriyatlarini rivojlantirishi va ularga amal qilishida milliy
ong, milliy birdamlik tuyg‘usining ahamiyati kattadir. Milliy ruhiyat va
ma’naviyatdan mahrum bo‘lgan kishilardagina o‘z tili, tarixi, an’analariga
nigilistik munosabatda bo‘lishi mumkin. Agar shunday ahvol ma’lum siyosat
ta’sirida kengayib borsa, millat birligi va kamoloti uchun nihoyatda xatarli bir hol
yuzaga keladi.
Albatta, har bir xalq o‘z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib qolmasligi
kerak. Bunday yo‘ldan borilganida millatning taraqqiyoti sur’atlari pasayadi.
Milliy mahdudlik va milliy kalondimog‘lik hech vaqt ma’naviy, ijtimoiy
kamolot omili bo‘lgan emas. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o‘rganish hamma
vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo‘lib kelgan.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko‘rsatmasin, har bir millat
uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar bo‘lib
qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat
ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat
hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo‘ladi.
Xalqlarga yangi ma’naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval, ularga
nisbatan ehtiyoj tug‘dirmoq kerak. Ma’naviy ehtiyojsiz, tarixiy an’analarni
e’tiborga olmay singdirilmoqchi bo‘lgan qadriyatlar millatning hayotida ma’lum
o‘rin olsa ham, uning ruhiyatiga singmaydi, binobarin qalbidan o‘rin olmaydi.
Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy
ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti
bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi,
yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham
rivojlanib borishiga imkon yaratiladi.
Umuminsoniy, mintaqaviy, milliy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy
qadriyatlar ham mavjuddir.
Diniy qadriyatlar ham jamiyatning ma’lum tarixiy davr va sharoitlardagi
talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Diniy qadriyatlar umuminsoniy, mintaqaviy qadriyatlarning qandaydir
alohida, boshqalardan keskin ajralib turuvchi sohasi emas.
Ma’lumki, har qanday din ham hayot talablari, turmush sharoiti va
ehtiyojlaridan ajralgan holda paydo bo‘lmagan. Barcha dinlarning kelib chiqishiga
ma’lum tarixiy davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy sharoitlar, ular bilan
bog‘langan ehtiyojlar sabab bo‘lgan.
Dinlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarni ijtimoiy hayotning
o‘zidan izlamoq kerak. Real hayot voqealari, ehtiyojlari ilohiylashtirilganida,
mohiyati, sodir bo‘lishi sabablari ilohiy kuchlarning irodasi bilan
bog‘langandagina diniy tus oladi.
Islom dini shakllanayotgan davrda Muhammad alayhissalom arab qabilalari
orasida keng tarqalgan ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, axloqiy va huquqiy
normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning ajralmas qismiga aylantirdi.
Arablarning yurish-turishi, odobi va axloqi, oilaviy va qabilaviy munosabatlari
borasidagi ko‘plab qadriyatlari islom dinining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Sha’riy hukmlarga kirgan axloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehr-
oqibat, do‘stlik, birodarlik haqidagi ko‘plab g‘oyalar islom dinidan oldin ham
qadriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadriyatlar islom dinining tarkibiy
qismiga aylanib, ularga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo
oldidagi gunoh sifatida talqin etila boshlangan. Natijada islom dini bilan bog‘liq
bo‘lgan bu qadriyatlarga ham rioya qilishlik mas’uliyati kuchayadi. Din muqaddas,
deb e’tirof qilgan qadriyatlarni tan olmaslik, yoki ularga rioya qilmaslik gunoh,
do‘zax singari tushunchachar bilan bog‘landi. Shunday qilib, diniy tus olgan
hayotiy qadriyatlarga rioya qilishning zaruriyati ham kuchaydi.
Farzandlarga boshlang‘ich ta’lim berishda ta’sirchan kuch – oilaviy tartib,
ya’ni ularning o‘zaro munosabati, ota-onaning xulq - atvori, ma’naviy va siyosiy
saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va
boshqalardan ibrat bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlar qadimdan o‘tmish allamolarimiz tomonidan ko‘p bora
ta’kidlangan va hayotiy hikmatga aylangan.
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida bola ta’lim-tarbiyasiga,
dunyoqarashining kengayishiga va shaxsi rivojlanishiga oid qimmatli fikrlar
ko‘plab bayon etilgan. Xalqimizga xos bo‘lgan tortinchoqlik, andisha kabi
psixologik xususiyatlarni chuqur anglagan ulug‘ bobomiz insonni faol bo‘lishiga,
bilim egallashga undab shunday yozadi: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
PAGE \* MERGEFORMAT 46
Yana bir hikmatida: Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, qatra - qatra yig‘ilib, daryo
bo‘lur - deb yozadilar.
Hadisu sharifda ham quyidagi ibratomuz fikrlar bayon etilgan: «Ilm egallang!
Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida-yo‘ldosh,
baxtiyor daqiqalarda–rahbar, qayg‘uli onlarda-madadkor, odamlar orasida zebu-
ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», «Ilm olish har bir muslim va
muslima uchun farzdir», «Beshikdan to qabrga kirguncha ilm izlangiz»,
«Yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqshdir». Bu nur ma’no fikrlar ham
bolalarga ta’lim berishda muhim o‘rin tutadi.[21]
Xalqimiz farzandlarini doimo tabiatga mehrli bo‘lish tevarak-atrof, suv, havo,
tuproq hayvonot olamini asrab-avaylash, insonni oliy qadriyat deb bilish, uning
haq-huquqlarini himoya qilish ruhida tarbiyalangan. Bular haqida ham shunday
beboho o‘git va yo‘l-yo‘riqlar, umuminsoniy ahamiyatga molik fikrlar bayon
etilganki, ular hozirga qadar ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Katta guruh tarbiyalanuvchilari ongida yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishda
oila va tarbiyachi hamkorligi alohida o‘rin tutadi.
Ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasi bilan uy, pedagogik jamoa
bilan ota-ona hamjihatligi yaxshi samara berishi amalda isbotlangan.
Prezidentimiz «Turkiston» gazetasi muxbirlarining savollariga javoblarida:
«Erkin fuqaro-ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini
kamol toptirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur.
Shu bois endi oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi
vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish,
boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq - huquqini yaxshi taniydigan, boqimandalikni
har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib
yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan
uyg‘un holda ko‘radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir» - deb
ta’kidlangan edi.
PAGE \* MERGEFORMAT 46
Katta guruh Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy
qadriyatlarni singdirishda tarbiyalashda har bir fanda o‘tilayotgan mashg‘ulot
mavzularining ahamiyati benihoyat katta ekanligi bilan tanishdik. Endi biz katta
guruhlardagi turli fanlardan o‘tiladigan ayrim mashg‘ulot mavzulariga to‘xtalib,
buni amalda guvohi bo‘lamiz.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida
tarbiyalashda o‘qish, ona tili, odobnoma tarbiyalash mashg‘ulotlari o‘z mazmun va
mohiyatiga ko‘ra kuchli tarbiyalanuvchilarda aniqlash vositalaridan sanaladi.
Ushbu fanlar mashg‘ulot mavzulari, Vatanni madh etuvchi, do‘stlik, to‘g‘rilik,
halollik, jasurlik, mardlik, ezgulik singari g‘oyalarni ilgari suruvchi o‘quv
materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya, rivoyat, maqol, topshiriq,
she’r, badiiy asar materiallari, matnlarda kishining insoniy fazilatlari yuksaklarga
ko‘tarilib, salbiy fazilatlar esa qoralanadi. Tarbiyachi bolalarning badiiy
qahromonlar ijobiy fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan esa
nafratlanishlari, ularni qarashlarini chuqur tushunib yetishlari uchun barcha milliy
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari usullaridan
foydalanishi kerak.
Mashg‘ulotidan «Salomlashish odobi» mavzusida bir soatlik mashg‘ulot
reja-ishlanmasidan namuna.
Mashg‘ulot O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlanadi. Tarbiyalanuvchilar
bilan siyosiy savol-javoblar o‘tkaziladi:
O‘zbekiston qachon mustaqil bo‘ldi?
Madhiya, gerb, bayroqni ta’riflab bering.
Vatan haqida she’rlar ayting.
Konstitutsiya qachon qabul qilingan?
Konstitutsiya moddalaridan ayting.
Yangi mavzu: Salomlashish odobi.
Mavzu asosida ma’ruza o‘qiladi.
PAGE \* MERGEFORMAT 46
0 4
9 3
0 4
B 3
Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil tadbirlarni o‘tkazish, ularga barcha
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jalb qilish, maktabgacha ta’lim
muassasasi, oila va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash - yosh avlodni
ma’naviy barkamol shaxs sifatida kamol topishida muhim omillardan bo‘lib
hisoblanadi. Ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarni shakllantirish
mas’uliyatini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. 1. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T: 2011
2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - T.: «Sharq»,1998.
3. Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir. «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. - T.:
«O‘zbekiston», 2000.
4. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin., 2-jild. -T.: «O‘zbekiston»,
1996.
5. Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot -pirovard
maqsadimiz. – Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisining birinchi
sessiyasidagi ma’ruza. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 77 bet.
6. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4–jild. -T.: «O‘zbekiston», 1996.
PAGE \* MERGEFORMAT 46
7. Karimov I. A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild,
-T.: «O‘zbekiston», 1996.
8.Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga
xizmat etsin. -T.: «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga javoblar. 1998.,
9.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Muloqat» jurnali, 1998.
10.Karimov I. A. Xafsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida, 6-jild. –T.:
«O‘zbekiston», 1999.
11.Karimov I. A. Ma’naviyat yuksalish yo‘lida. –T.: «O‘zbekiston»,1998. 480
bet
12.Karimov I. A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. -T.: «O‘zbekiston», 1999.
13.Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. -T.: «O‘zbekiston»,
1996.
14.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va yashash-davr talabi. 5-jild. -T.:
«O‘zbekiston», 1997.
15.Karimov I. A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. -T.:
«O‘zbekiston», 1999.
16. Karimov I. A. Donishmand xalqimizning mustahkamlash irodasiga
ishonaman. -T.: «Fidokor», gazetasi 2000.
17.Karimov I. A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. 2-jild. -T.:
«O‘zbekiston», 1996.
18.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.:«O‘zbekiston»,
2000.
19.O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: «O‘zbekiston», 1999.
20.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 1993.
21.O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi.-T.: Qomuslar bosh tahriyati,
1997
22.Alpomish: O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. –T.: «Sharq», 1998
PAGE \* MERGEFORMAT 46

XULOSA
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan tarmog‘i sifatida o‘zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin. Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa:


-DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo‘llanmalarning
bir necha variantlarda yaratilishi;
-mashg‘ulotlar jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini
qo‘llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi;
-o‘qitish jarayonida ta’lim
-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi;
- o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash,
- aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”,
“klaster” kabi) ning qo‘llanishi;
-mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga
oshirilishi;
-o‘qitishda fanlararo uyg‘unlikning amalga oshirilishi;
-talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish shakllarining boyitilishi;
-ilg‘or pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi;
-omma orasidagi ijtimoiy holat, kayfiyatni o‘rganishga
doir sotsiologik tadqiqotlarga talabalarni keng jalb etilishi;
-ijtimoiy pedagogika bo’yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni
-pedagogik amaliyotga tadbiq etish;
kabilar bog‘liqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika (darslik) T.: 2009
2. Mavlonova R. va boshqalar. . Ijtimoiy pedagogika (o‘quv qo‘llanma)
–T.: 2009.
3. Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari.
T.: OPI to‘plami. 1998
4. Quronov. M.Q.Qurboniyazova.Z.Q.Ijtimoiy pedagogika T.:
5. 003..Qurboniyazova. Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari Halq ta’limi, 2003, 6-son.
6.Isaqova M. Shaxs jtimoiylashuvida mahalla.–Xalq ta’limi 2003, 3-son
7. Sotsialnaya pedagogika M.A.Galaguzova taxririyatida. Moskva“
Vlados”, 2000
8. Istoriya sotsialnoy pedagogiki M.A.Galaguzova taxrir ostida. Moskva.“Vlados” 2001
9.Mudrie. A.V. Sotsialnaya pedagogika. Moskva, 2003.10.Podlasiy I.P. Pedagogika: 100 vaprosov-100 otvetov.Moskva, 2001 Internet tarmog’i
bo’yicha web -saytlar ro’yhati

1.www.ziyonet.uz


2.www.psiholog.uz
3.www.referat.ru
4.www.pedagog.uz
5.www.maik.ru
6.www.tdpu.uz
7.www.edu.uz
8.www.nadib.uz
9.www.pedlib.ru
10.www.ndpu.uz
Yüklə 162,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin