Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 18,62 Kb.
səhifə2/3
tarix10.12.2022
ölçüsü18,62 Kb.
#73737
1   2   3
4-nutq o\'stirish

Go’daklik yoshi: 0 - 1
Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg’unlashgan bo’ladi. Ayni paytda bolada unga ta'sir o’tkazish uchun biron-bir o’ziga xos insoniy vositaga mavjud bo’lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi.
Bolaning boshqalardan ajralib qolishi, kattalar bilan emotsional muloqotlarning yetishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya'ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko’rinishida paydo bo’ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Muloqotning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo’lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Ilk yosh: 1-3
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o’zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o’tirish va hokazolarni o’rganadi).
Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog’liq muloqot faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o’zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo’ladi.
Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig’ishni (piramida, matreshka kabi o’yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig’adi) o’zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko’p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo’llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo’tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo’llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo’llash usullarini bolaga kattalar o’rgatadilar.
1 yoshu 6 oy - 2 yoshga kelib bolaning so’z zahirasi 200-300 tagacha o’sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo’ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda esa nutqiy muloqot yetakchi muloqot turiga aylanadi.

Yüklə 18,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin