Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə122/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

3. Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni.
Pedagogik kengash MTT direktori huzuridagi maslahat kengashi bo‘lib, uning qarorlari o‘qituvchilar jamoasining yagona va umumiy fikrini aks ettiradi. Shuning uchun uning ta’sir kuchi katta. Pedagogik kengash qabul qilgan ayrim qarorlar MTT uchun ham, direktor uchun ham majburiy hisoblanadi. Chunonchi, tarbiyalanuvchilarni sinfdan sinfga ko‘chirish masalasi, shuningdek, maktab hayotida ro‘y berayotgan muhim vazifalar pedagogik kengashda hal qilinadi. Ularda pedagogik kengashda respublikamizning maktab haqida qabul qilgan qarorlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, maktab ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, ilg‘or o‘qituvchi va tarbiyachilarning ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish, ota-onalar jamoatchiligi bilan aloqani mustahkamlash va boshqa masalalar ko‘riladi. Pedagogik kengashda muhokama qilinadigan ayrim masalalar yildan yilga takrorlanaveradi, chunonchi, bir yillik ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, chorak va yarim yil natijalarini muhokama qilish, maktab ta’limiga tayyorgarlik, yozgi ta’tilni o‘tkazish va boshqalar. Pedagogik kengashga qo‘yiladigan masalalarni tanlash juda muhimdir. Ko‘pgina MTTlarda kengashda muhokama qilinadigan masala oldindan o‘rganib chiqiladi. Kengash har qaysi masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilib, ma’lum shaxslar va bajarilish muddatlarini belgilaydi. Pedagogik kengashning qarorlari maktabning ish tajribasiga, rahbar tashkilotlarning ko‘rsatmalariga va pedagogika fanining yutuqlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Pedagogik kengashning qarorlari maxsus daftarga yozib boriladi, rasmiylashtiriladi, bajarilishi kuzatiladi va nazorat qilinadi, natijasi navbatdagi yig‘ilishda kengash a’zolariga xabar qilinadi. Qarorlar daftari MTTning muhim hujjati bo‘lgani uchun uni yuritishga alohida e’tibor beriladi. Pedagogik kengash bilan hamkorlikda metodik ishlar komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  1. pedagogik kengashga topshirilgan masalani ishlab chiqadi: o‘zaro tajriba almashish, mashg’ulotlarni rejalashtirish, kundalik ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muhokama qilish;

  2. komissiya ba’zi tarbiyachi - pedagoglarning ish tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va natijani pedagogik kengashga ma’lum qiladi;

d) pedagogik kengash topshirig‘iga ko‘ra ochiq mashg’ulotlar uyushtiriladi va ularning natijasini kengash muhokamasiga taqdim etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin