Metodika uyushmasining ishini tashkil etish bosqichlari - Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari, metodist tarbiyachi, psixolog, musiqarahbari, jismoni tarbiya yo'riqchisi logopedla uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim tashkilotidan bir va bir necha pedagog xodim tashkilot rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatig bog'li barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'limtashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.
Metodika uyushmasi hujjatlari: Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi.
Shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo'limlari metodika kabineti reja tuzish, ma'ruzalar tayyorlash, turli ko'rgazmalarni tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim bo'yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo'ilanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar, avvalo, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirli tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlangandan so'ng maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tarqatiladi.
Metodik kabinet o'z oldidagi vazifalarni hal etishda materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, o'tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e'tibor berishi lozim. Uslubiy-pedagogik yig'ilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o'tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va aqiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig'ilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta o'tkaziladi. Yig'ilishlarda mudira, metodist va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi. Metodik birlashma faoliyati metodist tomonidan nazorat etiladi.
Mamlakatimi hududidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini uslubiy ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi. Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi. Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi.
Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi. Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi. Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo'mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o'zlarining fikr-mulohazalarini o'rtoqlashadilar. Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va metodist so'zga chiqadilar.ushma qo'mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o'zlarining fikr-mulohazalarini o'rtoqlashadilar. Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va metodist so'zga chiqadilar.
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo'shimcha yoki takroriy kuzatish o'tkazish kerak.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda: Mudiraning shu ishni to'g'ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini bir tekisda olib borishiga, jamoa bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish tartibiga qaratish kerak.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi. Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug‘i bilan Maktabgacha ta'lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
-tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarini saylash;
-tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
-tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.