Frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo'llari. Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-metodist va brigada a'zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi, So'ngra mudira tashkilot haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, tashkilotning texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar tarkibi (pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta'lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning g'oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, tashkilotda mehnat va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaning yutuq va kamchiligi, kamchiliklar o'sishdan ko'rilayotgan tadbir- choralar xususida, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so'raydi. Bu suhbat tashkilot to'g'risidagi tekshirish ishiga dastlabki taassurot beradi. So'ngra nazoratchi-metodist turli bo'limlar bo'yicha tekshirish, o'rganish ishlarini boshlaydi.
Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz: Maktabgacha ta'lim tashkilotdagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarning ahvoli va «Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim- tarbiya dasturi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko'nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Tashkilotdagi metodik ishlar, metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo'jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo'jalik rejalarning bajarilishi, yo'llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning tashkilotga qatnashi) ishlarning bajaralishi;
Bolalarga tibbiy yordam tomonidan xizmat ko'rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi; Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha ta'lim tashkilotiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va metodist tomonidan ta'lim- tarbiyaviy ishlarga, dastur talablarining bajarilishiga, ularning kontrolligi tekshirish;
Tashkilotining joriy-texnika ba’zasining ahvoli, xo'jalik faoliyati, xarajatlarni to'g'ri sarflash ishlari;
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejalarining sifatliligi. Rejalarning bajarilishi, Pedagogikkengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota- onalar yig'ilishlarini, maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan chiqarilgan, instruksiya va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish;
Tashkilotda ishlab chiqarish masalalarining yo'lga qo'yilishi, hujjatlar, ularning to'g'ri jihozlashishi va saqlanishi;
Nazoratchi-metodistning tekshirish bo'yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashning o'tkazilishi;