Me’yoriy hujjat esa - me'yorlar qoidasiga asoslangan hujjatdir. Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat me'yori bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha xarajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish me'yorlari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat. Shuningdek, xalq xo'jalik rejalarida ko'zda tutilgan ijtimoiy maktabgacha ta’lim rivojlantirish bo'yicha asosiy ko'rsatkichlarning bajarilishi, Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidam maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kadrlar bilan ta'minlash, qishloq maktabgacha ta'lim xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi me’yorlari kiradi. Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o'z ustida ko'proq ishlashni, g'oyaviy- siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlarning mohirono o'z ishida qo'llashni talab etadi. Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi.
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
1) Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
2)Tekshirishning maqsadi va vazifalari to'g'risida mudirani ogohlantirish; 3)Ishning borishini xarakterlovchi hujjatlarni o'rganish (hisobot, akt va hokazo). 4)Tashkilot xodimlari bilan suhbat;
5)Maktabgacha ta'limni boshqarish ishini o'rganish, uning holatini tahlil qilish;
6) Maktabgacha ta'lim tashkilotlarming ishni tanlangan holda tekshirish;
7)Maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo'llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
8)Aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni yo'qotish uchun ko'rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish;
9)Tekshirish yakunlari bo'yicha ma'lumotnoma yoki akt tuzish;