Nazoratchi-metodist - bu ma'lum sohaga tegishli qonun- qoidalarning to'g'ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs. Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon - uning ishini tashkil qila bilish qobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo'lida g'amxo'rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak qo'yuvchi rahbar, deya olsin». Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan tizimini ishlab chiqish, o'tmishni mas'uliyat bilan tahlil etish kelajak yo'lini talab borishini, o'tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro'yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi. «Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz lozim». «Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so'z va ish birligi insonparvarlik - biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari» asarida (1992-yil). Bu vazifalarni to'g'ri, o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.
Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo'yiladigan talablar: Nazorat qilishning asosiy maqsadi - «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi qonun asoslarida, maktabgacha ta’lim ishlarini takomillashtirish, ilmiy fan yutuqlariga suyangan holda zamon talablari darajasidagi maktabgacha ta'lim tizimini tashkil etishdir».
Nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagicha: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarishda eng yaxshi shakllarni aniqlash va amaliyotga tatbiq etish;
1. Maktabgacha ta'limni boshqarish darajasini o'stirish;
2. Maktabgacha ta'lim dasturi tinglovchilarini amalga oshirish asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat nazoratidan o'tkazish;
3. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishini maqsadga muvofiq tekshirish;