Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan ota- onalar uchun tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va tashkilot mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni hal etmog'i lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ota- onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tashkilot mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada bolalar tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazorat uchun savollar: 1.O'zbekistonda maktabgacha ta'limga metodik rahbarlik qaysi tizimda olib boriladi?
2.Markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat?
3.Metodik birlashma nima?
4.Seminar va seminar mashg'ulotining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
5.Aholi o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish usul va shakllarini so'zlab bering.
9-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMINING MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI NAZORAT QILISH. REJA: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilishni rejalashtirish, yo’l qo’yiladigan xatolarning sababini o’z vaqtida aniqlash va ularni tuzatish usullarini belgilash.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini frontal уalpi tekshirishning asosiy yo'llari
Tayanch tushunchalar: Patronaj - bolalar sog'lig'ini doimiy ravishda kuzatib boruvchi hujjatdir.
Dolzarb - muhim.
Istiqbol reja - maktabgacha ta'limda ta'lim-tarbiya jarayonini 1 yoki 3 oyga mo'ljallangan ish rejasi.