Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə71/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

2. Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi.
Rahbarlik uslublari va uning mazmun-mohiyati rahbar o’zining boshqaruv faoliyatida afzal bo’lgan va asoslangan barcha usullar, taktika va strategiyalaridan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Bunda bir tomondan strategiyalar bilan boshqaruv faoliyati mazmuni, boshqa tomondan bu tizimning o’zi, inson faoliyati muhitida turli ahamiyatga ega bo’lgan harakatlar va shu qatori professional faoliyat boshqaruv sub’ektining rivojlanishida hamda uning professional mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Rahbarlik uslubi - bu rahbarning bo’ysunuvchilarga nisbatan ta’sir ko’rsatishi va ko’zlangan maqsadga erishishga undashida bo’ysunuvchilar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlardagi odatiy harakatlari bo’lib, quyidagilarga asosan aniqlanadi:
- qarorlar qabul qilish jarayonida bo’ysunuvchilarning ishtirok etish darajasi;
- buysunuvchilarning ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlanishi;
- rahbar tomonidan qo’llanilayotgan ish uslublari, ya’ni, u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishi. Ko’pchilik mutaxassislar rahbarlik uslublarini tasniflashida mazkur jarayonning bosh mezoni va tashkiliy tamoyili sifatida yakkaboshchilik bilan kollegiallik nisbatining ustuvorligiga e’tibor berishadi.
Shundan kelib chiqib, rahbarning boshqaruv faoliyati asosiy uslublarining mazmun va mohiyatiga to’xtalib o’tamiz.


1. Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o’z irodasini qo’l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o’tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo’rqitish, rag’batlantirish va boshqa chora- tadbirlardan foydalanadi. Bu xil boshqaruvchilik bevosita buyruq va farmoyishlar berishga asoslanib, boshliqqa so’zsiz bo’ysunishni taqozo qiladi. Jamoa a’zolarining bevosita mulokotda bo’lishini chegaralab qo’yadi. O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi. Bunday vaziyatda xodimlarning mehnat jarayoniga munosabatlari, ayrim shaxsning manfaatlari psixologik jihatdan e’tiborga olinmaydi. U o’z xodimlariga ishonmaydi, barcha mavjud axborotlarni o’zi orqali o’tkazishga harakat qiladi. Bu “ajratib tashla va hukmronlik qil” tamoyiliga asoslangan shafqatsizlarcha uslubdir. Bunday uslub garchi birmuncha samarali bo’lsa ham, aslida, jamoada muholiflik, norozilik kayfiyatini shakllantiradi. Bunday uslub ta’sirida inson o’z mehnatidan qoniqmaydi, uning natijalaridan begonalashib qoladi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish sifati yomonlashadi, rasmiyatchilik avj oladi, ta’qib, chaqimchilik, guruhbozlik kabi illatlarning kuchayishiga yakkahokimlikka intilish sabab bo’ladi. Avtokrat rahbar jamoadagi munosabatlarni izdan chiqaradi, jamoaning mehnat unumdorligi tushib ketishiga olib keladi. Bunda mazkur uslubning turli xil shakli va usullari vujudga keladi:
a) mutloq - diktatorlik shaklida - rahbarning qaror qabul qilishida bo’ysunuvchilar ishtirok etmaydi va u muttasil buyruq berishga, majburlash, qo’rqitish orqali xodimlarni o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;
b) avtokratik usul - yakkahokimlik tushunchasini bildiradi, ya’ni hukmronlikni amalga oshiruvchi rahbarning ixtiyorida keng imkoniyat va vakolatlar bo’lishini ko’zda tutib, bu ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvning byurokratik turi; bunda rahbar lavozimlarga ko’ra bo’ysunish tartibini norasmiy belgilaydi; rahbar va xodimlar aniq bir o’rnatilgan qoidalar tizimiga bo’ysunadilar;
v) patriarxal yoki matriarxal shaklida rahbar “oila boshlig’i” mavqeidan foydalanish yordamida qarorlar qabul qiladi, qo’l ostidagilarning faoliyati uchun javobgarlikni o’z zimmasiga tulik olgan xolda qabul qilgan qarorlarini tushuntiradi va buyruq beradi; xodimlar unga nisbatan juda katta ishonch bildirishadi va shunga asosan buysunishadi;
g) iltifotli - xarizmatik shakli, bunda rahbar shaxsning o’ziga xos takrorlanmas donolik, xayrixohlik, qahramonlik, mardlik kabi xususiyatlariga asoslangan yuqori darajadagi mavqeidan foydalanadi; xodimlar uning xatti-harakatlarini, maqsadlari yo’nalishini o’zaro munosabatlar jarayonida kuzatishadi, shuningdek, uning ijobiy sifatlariga, ichki dunyoqarashiga hurmat bilan qarashadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin