Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə72/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

2. Liberal (erkin ish yuritish) uslubi rahbarning o’z qarorlarini tavsiyalar ko’rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi, xodimlariga keng doirada mustakillik , to’la erkinlik berish bilan bir qatorda ularning xarakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi. Liberal-rahbar turli xil nizolarning kelib chiqishidan cho’chiydi, shuning uchun tashkilot faoliyatini, asosiy ishlarni o’z oqimiga tashlab qo’yadi, shuningdek, o’z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi. Suiiste’molliklarga bevosita yo’l qo’ymasa ham o’zini bilmaslikka soladi, irodasiz, tashabbussiz bo’lib, tashqaridan ko’rsatiladigan ta’sirlarga moyilligi kuchli bo’lganligi sababli yuqoridan yoki quyidan ko’rsatilgan tazyiqlar uni harakatga keltirishi mumkin. Tanqidlarni qabul qiladi, lekin undan xulosa chiqarmaydi, kelishuvchanlik asosida faoliyat ko’rsatadi, ya’ni xodimlar bilan o’zaro munosabatlarni buzmaslik uchun ularning barcha talablarini bajaradi. Qoidaga ko’ra jamoada rasmiy yoki norasmiy guruhlarni boshqaruvchi bir-ikkita faol insonlar mavjud bo’ladi, ular va ayrim vaziyatlar (jamoa a’zolarining o’z ishiga ijodiy yondashuvi va ijobiy munosabatlari) jamoa faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Mazkur uslubda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarda tashabbusning yo’qligi va yuqori boshqarish organlarining ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishi hamda yuqori lavozimdagilarning ko’rsatmalariga asosan faoliyatni tashkil etishi uning zaif tomonlarini, qat’iyatsizligi va loqaydligini, nizolardan, vaziyatning keskinlashuvidan cho’chishini ko’rsatadi. Bu o’z o’rnida jamoada tartibsizlik vujudga kelishiga, xodimlarning xatti-harakati ustidan nazoratning yo’qolishiga, norasmiy guruhbozliklarni avj olishiga hamda turli xil masalalar, hatto, tashkilot hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalar ham rahbarning ishtirokisiz hal etilishiga olib keladi. Bunday rahbar barcha xodimlari bilan xushmuomala, o’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi, biron-bir bo’ysunuvchi xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi. Qabul qilgan qarorlari agar bo’ysunuvchilardan birortasining shuhratiga tahdid solsa, ixtiyoriy vaziyatda oldin qabul qilgan qarorlarini bekor qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu rahbarlik uslubining quyidagi usul va shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin:
a) kommunikatsion moyillik - bunda rahbar o’zi qaror qabul qilishga qiynaladi va shunga asosan xodimlarni xabardor qilgandan keyin qaror qabul qiladi. Xodimlar turli xil savollarni berishi, o’z fikrlarini bildirishi mumkin, lekin belgilangan tartib va ko’rsatmalarga amal qilishadi, bu boshqaruvning maslahatli usuli bo’lib, xodimlar o’rtasida aniq axborotlar almashinuvi hamda o’tkazilgan suhbatlardan keyin rahbar qaror qabul qiladi, shuningdek, qabul qilinadigan qaror to’g’risida va muammoning ijobiy yechimi bo’yicha xodimlar tomonidan berilgan takliflar asosida qabul qilingan qarorlar ular tomonidan bajariladi;
b) hamkorlikda qabul qilingan qarorlar asosida boshqaruv - rahbar muammoning yechimini topish uchun barcha xodimlarni jalb etadi va bunda muammoni yechish tartibini o’zi belgilaydi, shuningdek, o’zining barcha huquqlari va vakolatlarini saqlab qolgan holda xodimlar tomonidan muammoning yechimi bo’yicha qaror qabul qilinishiga ruxsat beradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin