Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə73/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

3. Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o’z faoliyatini o’zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik bo’ysunuvchilar o’rtasida taqsimlanadi. Xodimlarning o’zaro munosabatlarini rag’batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag’batlantirib boradi. Bu uslub “boshliq”- “tobe” munosabatlari darajasida emas, balki “inson-inson”, “inson-texnika-inson”, "inson-kitob- inson”, “inson-tabiat-inson”, “inson-san’at-inson” kabi tarbiyaviy munosabatlar shaklida bo’lishini ko’zda tutadi va bunda rahbar bilan xodimlarda bir-biriga nisbatan ishonch, o’zaro tushunish hamda jamoada do’stona munosabat, ishchan muhit vujudga keladi. Rahbar o’zini jamoaning bir a’zosi sifatida tutadi, uning oldida har bir xodim o’zini erkin his qiladi va turli masalalar yuzasidan fikrlarini bemalol ifodalaydi. Mazkur uslubda faoliyat ko’rsatuvchi rahbar tashabbuskorlikni rag’batlantiradi, barcha bilan samimiy munosabatda bo’ladi, o’z mavqei ustunligini bildirmaydi, hamkorlik uchun qulay vaziyatni yaratadi, qo’l ostidagilarga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini beradi, ular tomonidan bildirilgan tanqidga to’g’ri munosabatda bo’ladi hamda turli xil vaziyatlarni inobatga olgan holda yondashuvlarni amalga oshiradi.
Bunday rahbarlik uslubini takomillashtirish yo’nalishida quyidagi bir necha usul va shakllarni ajratib ko’rsatish mumkin:
a) innovatsiya orqali boshqaruv, bu faoliyat yo’nalishida xilma-xil tashabbuslar va yangiliklarni o’z ichiga oluvchi, ta’limning rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ishlab chiqish talablarini belgilaydi;
b) maqsad yo’nalishidagi topshiriqlar orqali boshqaruv - bu usuldagi boshqaruv birinchi o’rinda barcha bo’g’inlar bo’yicha pog’onaviylik asosida maqsadga erishish yo’nalishida vazifalar belgilaydi, ma’lum bir belgilangan tartib va rejaga hamda tekshiruvlar tahliliga, erishilgan yutuqlarga asoslangan holda maqsadga erishish metodlari va yo’llarini belgilashda erkinlik beradi;
v) xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruv - maqsadni shakllantirish, shuningdek, uni amalga oshirish va ta’minlash jarayonida xodimlarning ishtirokini ta’minlash;
g) kelishilgan maqsad orqali boshqaruv - bu boshqaruv maqsad yo’nalishidagi topshiriqlar va xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruvlarning o’zaro birikkan shakli bo’lib, erishish zarur bo’lgan maqsadlarni belgilashda xodimlar ishtirok etishadi va joriy maqsadlarga erishish yo’nalishlari kelishiladi;
d) tizim orqali boshqaruv - tashkilotning ko’pgina vertikal va gorizontal tuzilgan boshqarish shakllariga ega ekanligidan kelib chiqib, boshqaruv amalga oshirilayotgan jarayonlarni umumiy nazorat qilishga e’tibor qaratadi. Tashkilot tashqi tuzilishiga ko’ra ochiq, dinamik, alohida kompleks va bir butun tizim hisoblanadi. Bu tushunchalar quyidagi belgilarga asosan farqlanadi:

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin