Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini frontal уalpi tekshirishning asosiy yo'llari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə65/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini frontal уalpi tekshirishning asosiy yo'llari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi.
Frontal-yalpi tekshirishi - bu maktabgacha ta'lim tashkilot ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish shaklidir. Ya'ni, tashkilotning kadrlar tarkibi, maktabgacha ta'lim dasturi talablarini bajarilishi, mudira va metodistning ta'lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy-xo'jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari, tibbiy yordam xizmati, maktab bilan aloqa, ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat'i nazar tekshiriladi. Kuchsiz tashkilotlarga ahamiyatni ko'proq jalb qilishi lozimdir. Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta maktabgacha ta'lim bo'limlari (viloyat MTB, shahar, tuman MTB) tomonidan o'tkaziladi. Frontal-yalpi tekshirish o'tkazishda avval to'la-to'kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda nazariyadagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko'rsatiladi. So'ngra nazoratchi-metodist yana bir bor maktabgacha ta'lim bo'yicha chiqarilgan qaror, ko'rsatma, tashkilot buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko'zdan kechirib, maktabgacha ta'lim dasturi talablarini yaxshilab o'qib oladi, shu tashkilot hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu tashkilotda xalq xo'jaligi rejasi, bolalarning tashkilotga qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab, o'rganib chiqadi. Tashkilotni kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o'rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo'qotish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi. Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi- metodist nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini belgilab beradi. Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, organlari bilan, korkabinet va tashkilotlarga qarashli bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlar bilan aloqa o'rnatiladi. Nazorat qilishni, albatta, mudiraning ishtirok bilan o'tkazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta'lim tashkilotlarda esa shu korkabinetning vakili qatnashadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin