Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va ta'lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3 .Nodavlat va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining farqli jihatlari. Maktabgacha ta'lim tashkiloti binolarini loyihalashtirish Maktabgacha ta'lim tashkiloti maxsus loyiha bo'yicha qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me'yorlariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining sig'imi, odatda 320 o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun 90-120 o'rinli muvofiq deb hisoblash zarur. Maktabgacha ta'lim tashkiloti amaldagi me'yortivlarga muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam apparati, ta'limning texnik vositalari, о quv-ko'rgazmali qo'llanmalar hamda o'yinchoqlar bilan ta’minlanadi maktabgacha ta'lim tashkilotini jihozlash ro'yxatiga milliy anjomlar ham kiradi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ish tartibi ijroiya qo'mita maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoki qaramog'ida maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'lgan korkabinet, tashkilot, tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta'lim kengashi, maktabgacha ta'lim tashkiloti kengashi bilan kelishilgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi navbatchi guruhlar ochilishi mumkin. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiya- viy ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'lim tashkilotlarini hal etish maktabgacha ta'lim tashkilotlarining har xil turlarini tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu tashkilotlarda ta'lim-tarbiyaning milliy an'analarga asoslanib ko'rilishi lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolaning tashkilotda bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni; Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy, ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi. Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy va hokazo. Ijtimoiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari qishloqlari tashkilotida 40-100, shahar tashkilotida 140-170 o'rindan oshmasligi ko'zda tutiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota- onalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ota-onalar arizasi bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6soatdan kam davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotining talim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni ovqatlantirish uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan pul hamda tabiiy me'yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda ovqatlantirish uchun pul me'yorlari xalq deputatlari kengashlari va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'lgan korkabinet, tashkilot, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.