Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Turli tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkiliy tizimini belgilab beruvchi Davlat instruktiv hujjatlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə99/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Turli tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkiliy tizimini belgilab beruvchi Davlat instruktiv hujjatlari
Maktabgacha ta'lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Quyidagilar:
- davlat boshqaruvi organlari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari;
- davlat korkabinetlari;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi:
- umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun);
- sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun);
Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z ustaviga, bank tashkilotlarida hisob raqamiga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti belgilangan davlat me'yorlariga va maktabgacha ta'lim tashkilotiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.
2.Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish faoliyatini tartibga soladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi va o'z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o'z nomi ko'rsatilgan muhrga ega bo'ladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin