Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə98/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Sanatoriya yo'nalishi:
- Sil intoksikatsiyasi mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15-20 bola;
- Murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun - 8-10 bola;
- Rivojlanishida boshqacha nuqsonlari (endokrin kasalliklar) mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15-20 bola.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan to'ldirish o'quv yili oxirida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirish esa o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti maktabgacha ta'limni boshqarish organlari yoki qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'lgan korkabinet, tashkilot, tashkilot tomonidan komplektlanadi. Mahaliiy boshqarish organlari qarori bilan komplektlashning boshqa tartibi qabul qilinishi mumkin. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va ixtisoslashtirilgan guruhlarga yo'llash respublika, viloyat, shahar, tuman tibbiy yordam-pedagogika komissiyalari, sanatoriya tipidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga esa hududiy davolash-profilaktika tashkiloti tomonidan yo'llanma beriladi. Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidan chiqarish maktabgacha ta'lim kengashi tomonidan quyidagi holatlarda: bolaning mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotida qolishiga to'sqinlik qiluvchi tibbiy yordam xulosasi asosida; bola maktabgacha ta'lim tashkilotiga sababsiz bir oydan ko'proq vaqt mobaynida qolmasa, unga xizmat ko'rsatish uchun haq to'lashning belgilangan muddatidan ikki hafta o'tib ketsa; ota-onalar yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar xohishiga qarab amalga oshiriladi. Ota-onalar bolaning chiqarilishi haqida 7 kun oldin xabardor qilinadilar. Ota-onaning ish joyi o'zgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha ta'lim tashkilotidan chiqarish, agar bu lozimnomada ko'rsatilmagan bo'lsa, qat'iy man etiladi
Tarbiyachilar va ota-onalarning bu me'yorlariga asoslangan munosabatlari amaldagi qonunchilik va bola maktabgacha ta'lim tashkilotiga qabul qilinayotganda tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan tuziladi, lozimnoma bilan boshqariladi. Lozimnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan maktabgacha ta'lim kengashiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin