Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Mavzuni mastahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə94/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Mavzuni mastahkamlash uchun savollar:
1.Maktabgacha ta'limni rеjalashtirishning asosiy bosqichlarini yoritib bеring.
2.Rеjalashtirish turlari sanab bering
3.Maktabgacha ta’lim bo’limlari tomonidan rеjalashtirish asoslari nimalardan iborat?
4.Smеta – nima?
5.Smеta xarajatlarni tuzish taritbi qanday?
6.Mavsumiy va Yozgi sog’lomlashtiruvchi smеtalari qanday va kim tomonidan tuziladi?



13 – MAVZU: TURLI TIPDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKILIY TUZILMASI.
REJA:


1. Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
2. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.
3 .Nodavlat va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining farqli jihatlari.


Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.
Tayanch tushunchalar:
Komplektlash - maktabgacha ta'lim tashkilotini bolalar bilan to'ldirish, tashkilotlar.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlar - aqliy va jismoniy rivojlanishda nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun tashkil etiladi.
Tashkilot filiali - tashkilot bo'linmasi.
Ufq tomon - quyosh toqisi.
Kun tartibi - kun tartibi.
1. Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning ushbu tashkilotda bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish tashkilotlarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:
S - I va II guruh nogironlari;
S - ko'p bolali oilalarning bolalari;
S - harbiy xizmatchilarning bolalari;
S - talabalar va pedagoglarning bolalari;
S - chin yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo'ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi mavjud bo'sh o'rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma'lumot kiritiladi. Bo'sh o'rinlar haqidagi ma'lumot davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to'g'riligi va o'z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir guruhidagi bola soni me'yori kamida 20 nafar bo'lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo'lmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan to'ldirish o'quv yili oxiridan yangi o'quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirilishi o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti quvvatidan ortiq bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to'xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko'ra maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin