Metodist - maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti, metodik ishlarga rahbarlik qiladi.
Operativ masalalar - kechiktirib bo'lmaydigan masalalar.
Metodik ish kompleksi - tarbiyachilarning bolalar bilan ishlashning aniq usul va uslublariga amaliy o'rgatish.
Tahlil - tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish.
Qiyosiy nazorat - solishtirma nazorat.
1. Uslubchinig ish olib borish usullari. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomda ham maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ustavida har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan metodistning ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya'ni u metodik jihatdan kuchli ma'naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, metodist quyidagilarni bilishi lozim: - maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
- «Ilk qadam» dasturining bajarilishini ta'minlaydi va kontrol qiladi, ta'lim-tarbiyaviy ishning to'g'ri uyushtirilishi uchun javobgar;
- ilg'or pedagogik tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, Pedagogik kengashda ko'rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi;
-bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo'llanmalar va o'yinchoqlarni tanlaydi;
- ota-onalar o'rtasida pedagogik bilimlarni targ'ibot qilish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishida uzviylikni ta'minlash bo'yicha ishni uyushtiradi. O'z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun metodist qanday rahbarlik sifatlariga ega bo'lishi lozim.
Metodist faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmasiga ham ega bo'lishi zarur.