Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Uslubchining vazifalariga nimalar kiradi?
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka tavsiflari nimalardan iborat?
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda uslubchining o’rni.
5-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
REJA:
1. Maktabgacha ta’limni boshqarishning nazariy asoslari.
2. Boshqarishda mudiraning ahamiyati.
3. Maktabgacha ta’limni moliyaviy ta’minlash.
4. Nazorat qilishning usul va uslublari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.
1.Maktabgacha ta’limni boshqarishning nazariy asoslari.
Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, mohiyatini ifodalashga ehtiyoj tug’iladi.
Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning holatimizda bu - xalq, ta’limi boshqaruvi idoralari, tashkilot rahbariyati va x-k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan holda boshqaruv ob’ektiga (bizning holatimizda bu - maktabgacha ta’lim tashkiloti, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshqarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, bularning barchasi kishilar o’rtasidagi munosabatlarda kuzatiladi. Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq, etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda. Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ma’naviy-axloqiy hislat va fazilatlar sohibi bo’lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish ham bundan istisno emas. Ushbu tashkilotlardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko’nikmalarni o’zaro uyg’un holda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’lik, masalalarni talab darajasida hal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |