Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə42/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Metodik birlashmalar
Metodik birlashmalar – Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir. Metodik birlashmalarning asosiy vazifasi – pedagog va tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikka intilishlarini qo’llab – quvvatlash, o’z ishiga tanqidiy munosabatda bo’lish va holisona baho berish ko’nikmasini shakllantirish, zimmasidagi vazifalarga yuksak mas’uliyat hissini qaror toptirish, kasb mahorati va malakasini uzluksiz oshirib borishga yo’naltirishdan iborat. Metodik birlashmalar butun o’quv yili davomida ( sentabrdan maygacha) faoliyat olib boradi. U turli toifadagi pedagog – tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, mudiralar faoliyatini takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi. Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni ko’p bo’lgan yirik tumanlarda bunday birlashmalarni bo’lim ( yoki bir necha bo’lim) shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq, bo’lur edi. Har bir bo’limda 18- 20 maktabgacha ta’lim tashkilotlari kiradi.
Birlashmaning ishlash muddati, faoliyat doirasi va vakolatlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, uning yig’ilishlari ikki oyda bir marta o’tkaziladi. Metodik birlashma tarkibini shakllantirishda pedagoglarning ish staji, kasb mahorati va malakasi e’tiborga olinadi. Masalan, mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma tarkibiga kiritiladigan pedagoglar (yirik tumanlar uchun) oliy ma’lumotli, besh yil va undan ziyod ish stajiga ega bo’lishi zarur:
O’rta va maxsus ma’lumotga ega va ish staji kam bo’lgan mudiralar va uslubchilar uchun ham metodik birlashmalar shunday tartibda tashkil etiladi. Tarbiyachilar uchun metodik birlashmalar tashkil etishda esa ularning joriy yilda qaysi yoshdagi bolalar guruhida ishlagani e’tiborga olinadi. Metidik birlashmalarning ko’rgazmali qurollar va yangi uslubiy adabiyotlar ko’rgazmalarini tashkil etish yangi uslubiy adabiyotlar ko’rgazmalarini tashkil etish borasidagi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Metodik birlashma ishining samarasi uning faoliyati xalq ta’limi bo’limi va metodika kabineti tomonidan qay darajada boshqarilayotganiga ham bog’liq Qoraqalpog’iston Respublika, viloyatlar, shahar, va tumanlar metodika kabinetlari metodika birlashma rahbari va xodimlari malakalarini oshirish ishini yo’lga qo’yadi, jumladan, bir yilda 2- 3 marta uslubiy birlashmani tashkil etish va rejalashtirish, uni boshqarish, zamonaviy fan yutuqlari, ilg’or tajribalarni o’rganish va tatbiq, etish kabi mavzularda seminarlar tashkil etadi. Shahar, tuman maktabgacha ta’limi bo’limlari metodika kabineti reja tuzish, ma’ruzalar tayyorlash, turli ko’rgazmalarni tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim bo’yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo’llanmalar, amaliy taklif – tavsiyalar, avvlo, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan ko’rib chiqilib, tasdiqlangandan so’ng maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarqatiladi. Metodik kabinet o’z oldiga vazifalarni hal etishda materialning mazmun – mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, o’tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e’tibor berish lozim. Uslubiy pedagogik asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o’tkaziladi. Ularda asosan, bolalarning jismoniy – fiziologik, ruhiy va aqliy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig’ilishlar bir yoshdan ikki yoshgacha guruhlarda har oyda, ikki yoshdan uch yoshgacha guruhlarda har chorakda bir marta o’tkaziladi. Yig’ilishlarda mudira, uslubchi va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, kata hamshira ham ishtirok etadi. Metodik birlashma faoliyati uslubchi tomonidan nazorat etiladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin