Metodik uyushmasi hujjatlari: -yillik ish rejasi;
-yig’lish bayonnamalari;
-hisobotlar;
-metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o’tgan ishlarning chop etilgan elektron nusxasi;
Metodika kengashiga xalq, ta’limi boshqaruv organlaridan yo’llangan hujjatlar nusxasi.
8-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI VA ULARNING TUZILISHI REJA: 1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. 2. Maktabgacha ta’lim bo’limlarida metodik birlashmalar va ularning tashkil etilishi. 3. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari
Tayanch tushunchalar: Metodik birlashma - maktabgacha ta'lim xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish shakllaridan biri.
Ko'chirma-papka - yig'ma papka, ota-onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida biror-bir mavzu bo'yicha jihozlangan ko'rgazmali vositadir.
Tibbiy-pedagogik yig'ilish - bu maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ilk yosh guruhlari tarbiyalanuvchilari sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga bag'ishlanadigan kengash.
Ochiq tadbirlar - jamoa ishtirokida pedagogik jarayonlarni kuzatish.
1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo’limlarinining vazifalari va funksiyalari. Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
- kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qo'llab- quvvatlash va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
- tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.