Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə46/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;

  • idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;

  • maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

  • nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

  • nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarin qo'llab- quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;

  • tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari xarajatlarini moliylashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi;

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;

  • davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;

  • davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

  • maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish- xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin