8. Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta’lim yo’nalishlarining metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi.
9. MTTlarini maxsus sanitariya – gigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi.
10. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta’minlaydi.
Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta’limning bir necha yo’nalishlari, shuningdek (MTT rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodik uyushmsi tashkil etiladi.
2. Metodika uyushmasiga har bir ta’lim tashkilotlar bir va bir necha pedagog xodim tashkilot rahbarining tavsiyasi va buyrug’I bilan a’zo qilib olinadi.
3. Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo’nalishi bo’yicha tuman (shahar) ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais saylanadi va uyushma yig’ilishiga rahbarlik qiladi.
4. Metodika uyushma raisi va uning a’zolari uyushma faoliyatlarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
5. Metodik uyushma faoliyatiga bog’liq barcha tashkiliy faoliyatiga bog’liq, barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta’lim tashkilotlarining o’quv – tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhining MT yo’nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
6. Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta’lim tashkilotlarining o’quv – tarbiyaviy jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhning huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
7. Metodika uyushmasi yigilishi har ikki oyda bir masalani muhokama qilishi mumkin.
8.Metodika uyushmasi yig’ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnamsida aks ettiralishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko’chirma taqdim etilishi zarur.
9. Yig’ilish bayonlari daftari, uyushma ish reja va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.